Xalqaro matbuot instituti (IPI) AQŞ prezidenti Donald Tramp yettita davlat agentligi, jumladan AQŞ Global media agentligi (USAGM) faoliyatini töxtatiş töğrisidagi farmonni imzolaganidan keyin yopilişi kutilayotgan "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va boşqa Amerika ommaviy axborot vositalarini himoya qilib çiqdi. «Uşbu harakat butun dunyo böylab avtokratlarning imkoniyatlarini kengaytiradi va millionlab muqobil, işonçli yangiliklar va axborot manbalaridan mahrum qiladi», — deyiladi IPI'ning 17 mart, duşanba kuni bayonotida.

Institut bayonotida ta’kidlanişiça, USAGM tomonidan boşqariladigan «Amerika ovozi», «Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi» «sovuq uruş davridagi Sovet Ittifoqidan tortib, bugungi kunda Eron, Xitoy va Şimoliy Koreyagaça» avtoritar rejimlarga ega bölgan mamlakatlar uçun muhim axborot manbalari hisoblanadi. «Uçta naşr AQŞ Kongressi tomonidan moliyalaştiriladi va statistikaga köra, butun dunyo böylab haftasiga 450 million öquvçilar, tomoşabinlar va tinglovçilarni qamrab oladi», deb xabar beradi IPI. "Ozod Osiyo radiosi" prezidenti Bay Fang Trampning qarorini «diktatorlar va despotlar uçun mukofot» deb atagan.

IPI AQŞ hukumatidan öz qarorini bekor qilişni va öz ommaviy axborot vositalari va xodimlarining işini himoya qilişni talab qildi.

Praga Yevropa Ittifoqida "Ozodlik radiosi"ning kelajagini muhokama qilmoqçi

Çexiya hukumati Qöşma Ştatlar moliyalaştirişidan mahrum bölgan Pragada joylaşgan "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi"ning kelajagini Yevropa Ittifoqida muhokama qilmoqçi. 16 mart kuni Çexiya televideniyesi orqali taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy: «Bunday eşittirişlarni davom ettiriş Yevropa manfaatlariga javob beradi» dedi.

U 17 mart kuni Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uçraşuvda "Ozodlik radiosi" faoliyatini davom ettiriş masalasini kötarişini aytdi. "Ozodlik radiosi" Çexiya va Yevropa uçun nimani anglatişi haqida siyosiy fikr yuritiş kerak, dedi Lipavskiy. «Bizning qöşnimizda totalitarizm gullab-yaşnamasligi bizning manfaatlarimizga mos keladi», deya qöşimça qildi u.