Yevropa Ittifoqi "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi"ni moliyalaştiriş uçun 5,5 million yevro ajratadi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning 20 may, seşanba kuni ma’lum qilişiça, bu mablağlar YeIga qöşni davlatlar, jumladan, Kavkaz va Markaziy Osiyoda translatsiyalar uçun sarflanadi.
«Filtrdan ötkazilmagan kontent ösib borayotgan davrda mustaqil jurnalistika har qaçongidan ham muhimroqdir. Şuning uçun men Yevropa Demokratiya jamğarmasi bilan 5,5 million yevrolik şartnoma tayyorlayotganimizni e’lon qilişdan mamnunman, bu "Ozod Yevropa" radiosining hayotiy faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Bu mustaqil jurnalistikani qöllab-quvvatlaş uçun qisqa muddatli favqulodda moliyalaştirişdir», — dedi Kallas.
«Agar biz ularning butun dunyo böylab işlarini moliyalaştirişga qaraydigan bölsak, Yevropa ular uçun zarur bölgan barça mablağni öz zimmasiga olmaydi. Biz öz e’tiborimizni «Ozod Yevropa» radiosining bizning qöşnimizdagi va Kavkaz yoki Markaziy Osiyo böladimi, "Ozod Yevropa" radiosi orqali taşqaridan kelayotgan xabarlarga juda boğliq bölgan mamlakatlarda işlaşiga yordam berişga e’tibor qaratişimiz kerak», dedi Kallas.
Uning qayd etişiça, "Ozodlik radiosi"ni uzoq muddatli moliyalaştiriş uçun hali yeçim topiş kerak. Ammo erkin ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş Yevropa Ittifoqi sarmoyasining strategik sohasi bölib qolmoqda, deya qöşimça qildi yevrokomissar.
May oyi boşida Şvetsiya hukumati "Ozodlik radiosi"ni qöllab-quvvatlaş uçun 20 million şved kroni (1,84 million yevro) ajratdi.

















