Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 mart kuni Özbekistonda amaliy taşrif bilan bölib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik böyiça komissari Yozef Sikela boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasidagi köp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Sönggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Uni izçil kengaytiriş uçun katta imkoniyat va salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Qayd qilinişiça, tez orada Özbekiston va EI örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi yangi bitim imzolanadi.
Transport va logistika, energetika, raqamlaştiriş, qişloq va suv xöjaligi, boşqa ustuvor yönalişlarda qöşma loyiha va dasturlarni ilgari surişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Öta muhim mineral resurslarni qayta işlaş sohasida özaro manfaatli amaliy hamkorlikni yölga qöyişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvda joriy yil aprel oyi boşida Samarqand şahrida «Markaziy Osiyo - YeI» birinçi sammiti va Iqlim forumini taşkil etiş hamda ötkaziş jihatlari körib çiqildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.













