Mahalliy OAV xabar berişiça, hodisa M-10 “Rossiya” avtomobil yölining 400-kilometrida yuz bergan. Moskvadan kelayotgan 33 yoşli haydovçi (Özbekiston fuqarosi) boşqaruvidagi Chevrolet Lacetti xavfsiz masofani saqlamaganligi sababli oldinda ketayotgan 24 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Volkswagen bilan töqnaşgan.
Zarba oqibatida Chevrolet qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, u yerda 63 yoşli haydovçi boşqarayotgan DAF rusumli yuk maşinasiga urilgan. Hodisa tufayli Chevrolet haydovçisi tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar voqea joyida halok bölgan, uning 33 yoşli yölovçisi esa turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga köra, halok bölgan va jabrlangan şaxslar Özbekiston fuqarolari hisoblanadi.









