Arve Yalmar Xolmen ismli norvegiyalik maxfiy ma’lumotlar himoyasiga ixtisoslaşgan Avstriyaning NOYB notijoriy taşkiloti kömagida Norvegiya ma’lumotlar himoyasi boşqarmasiga OpenAI kompaniyasi ustidan şikoyat kiritdi.
Da’voda keltirilişiça, OpenAI tomonidan işlab çiqilgan ChatGPT «Arve Yalmar Xolmen kim?» degan savolga u ikki bolani öldirgani va 21 yilga qamalgani haqida javob qaytargan bölib, bu haqiqatga töğri kelmaydi. Xolmen va NOYB’ga köra, çatbotning bu kabi notöğri javoblari tuhmat va şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça Yevropa Ittifoqi qoidalarini buziş hisoblanadi.
NOYB bundan oldin ham ChatGPT odamlar haqida notöğri biografik ma’lumotlarni taqdim etgani uçun OpenAI ustidan şikoyat kiritgan. Bunday holatlar neyrotarmoqlarning «gallyutsinatsiya»si, ya’ni foydalanuvçilarga öylab topilgan faktlar va haqiqatga aloqasi bölmagan javoblarni taqdim etişi bilan boğliq. NOYB’ga köra, ChatGPT ilgari ham odamlarga mavjud bölmagan korrupsiya mojarolari, voyaga yetmaganlarni buzuqlikka undaş va boşqa töqib çiqarilgan jinoyatlarni boğlagan.
Eslatib ötamiz, 2024 yilning oktyabrida AQŞning Florida ştatida yaşovçi Megan L.Garsiya Charaster.ai ilovasini yaratgan kompaniyani 14 yoşli öğli Syuyellning ölimida ayblab, sudga da’vo kiritgandi.








