Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq, Navröz bayrami va yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan Afğoniston insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Afğoniston aholisi uçun möljallangan qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan yuk Balx viloyatiga yetkazilgan.

Qöşni mamlakatga yetkazilgan zarur oziq-ovqat mahsulotlari Hayraton şahridagi Astras kompaniyasi hududida Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Irgaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, şuningdek, tegişli vazirliklari mutasaddilari hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari iştirokida topşirilgan.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, buğdoy, makaron mahsulotlari, ösimlik yoği, şakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va moş örin olgan.

Şuningdek, Mozori Şarif şahrida ikki tomonlama uçraşuv ötkazilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan. Suhbat davomida Özbekiston tomonidan Afğonistonda barpo etilayotgan Imom Buxoriy maqbarasi qurilişi haqida ham alohida fikr almaşilgan.

Afğoniston rasmiylari Özbekiston prezidenti va xalqiga körsatayotgan yordam uçun minnatdorçilik bildirib, yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yöllagan.

Taşrif davomida amalga oşirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanişilgan.