Nyu York şahrida Özbekiston va Nauru örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi qöşma kommyunike imzolandi.

Qayd etilişiça, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniyel imzolagan.

Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaşgan muassasalari doirasida qöşma hamkorlikni kuçaytirişga tayyor ekanliklarini bildirgan.

«Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini topiş uçun ikki tomonlama aloqalarni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi. Hujjatning imzolanişi Özbekiston bilan xorijiy davlatlar örtasidagi hamkorlikni faollaştirişda muhim qadam böldi», — deyiladi xabarda.

Şu tariqa, Nauru Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 159-davlat böldi. Bundan oldin Özbekiston fevral oxirlarida Surinam bilan diplomatik munosabat örnatgan edi.

Ma’lumot uçun, Nauru Tinç okeanning janubi-ğarbiy qismidagi orolda joylaşgan davlat. Maydoni 21 kvadrat kilometrni, aholisi esa 12,3 ming kişini taşkil etadi.