Nyu York şahrida 29 aprel kuni Özbekiston va Kot-d’Ivuar örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi qöşma kommyunike imzolandi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Qayd etilişiça, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Kot-d’Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzolagan.
Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaşgan muassasalari doirasida qöşma hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini bildirgan. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini topiş uçun ikki tomonlama aloqalarni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişilgan.
Şu tariqa, Ğarbiy Afrikada joylaşgan Kot-d’Ivuar Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 160-davlatga aylandi.
«Mazkur hujjatning imzolanişi Özbekistonning Afrika qit’a mamlakatlari bilan özaro hamkorligini faollaştirişda muhim qadam böldi», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 159-davlat Tinç okeanidagi orol-mamlakat, Yer yuzidagi eng kiçik mustaqil respublika – Nauru hisoblanadi.

















