Özbekiston va Eritreya örtasida diplomatik munosabatlar örnatildi. Bu haqda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 11 iyul kuni Özbekiston va Eritreya örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi qöşma kommyunike imzolangan.
Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov hamda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam imzolagan.
Ma’lumot uçun, Eritreya Afrikan qit’asining şimoli-şarqida, Qizil dengiz böyida joylaşgan davlat bölib, Sudan, Efiopiya va Jibuti bilan çegaradoş.
Uşbu mamlakat Özbekiston rasmiy davlatlararo munosabatlar örnatgan 161-davlat böldi. Ğarbiy Afrika mamlakati — Kot-d’Ivuar Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 160-davlat bölgandi.

















