Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi mamlakatda şu kunlarda bölayotgan turli norozilik namoyişlari va ommaviy yiğilişlar sababli fuqarolarni ehtiyotkorlikka çaqirdi.

Qayd etilişiça, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda «provokatsion postlar» joylaştirgan 261 kişini aniqlagan va 37 kişini hibsga olgan. «Şu sababli sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirişda juda ehtiyot bölişga çaqiramiz», — deyiladi konsulxona bayonotida.

Xavfsizlikni ta’minlaş uçun quyidagilarga amal qiliş söralmoqda:

  • har qanday norozilik namoyişlari, mitinglar va ommaviy yiğinlardan uzoqroq böliş;
  • odam gavjum joylarga bormaslik va harakatlaniş yönalişingizni oldindan rejalaştiriş;
  • ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qiliş, provokatsion xabarlar joylaştirmaslik va tarqatmaslik;
  • rasmiy xabarlarga e’tibor beriş va vaziyat böyiça yangiliklarni kuzatib boriş;
  • favqulodda holatlarda Boş konsulxona bilan boğlaniş (aloqa uçun: +90 553 541 17 17).

«Sizning xavfsizligingiz biz uçun muhim! Iloji boriça ehtiyot böling va huquq-tartibot idoralarining körsatmalariga rioya qiling», — deya yakunlanadi bayonot.

19 mart kuni Turkiya politsiyasi Istanbul şahri meri, muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi vakili Akrom Imomöğlini hibsga oldi. Şahar hokimidan taşqari uning matbuot kotibi, şuningdek, şahar ma’muriyatining yana 100 ga yaqin xodimi hibsga olingan.

Imomöğli hibsga olinişi ortidan Turkiyada namoyişlar boşlandi. Istanbul viloyati gubernatorining keyingi tört kun içida köçalarda aksiya ötkazişni taqiqlaş töğrisidagi buyruği va şahar böylab köp sonli politsiyaçilar joylaştirilgani norozilik namoyişlari boşlanib ketişini töxtata olmadi. Öz navbatida Yevropa davlatlari ham Istanbul meri qölga olinganini qoralab çiqmoqda