Istanbul meri Akrom Imomöğli körsatma beriş davomida barça ayblovlarni rad etdi. SZV TV telekanalining ma’lum qilişiça, 22 mart, şanba kuni u sud qarşisida javob beradi.
19 mart kuni Turkiya politsiyasi Istanbul şahri meri Akrom Imomöğlini hibsga oldi. U korrupsiya va terrorçilar bilan hamkorlik qilişda ayblanmoqda.
«Körsatma beriş jarayoni yakunlandi. Imomöğli uç soat körsatma berdi, barça ayblovlarni rad etdi. Şanba kuni soat 21:00 da u sudga yuborilişi mumkin», — deyiladi xabarda.
Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Akrom Imomöğlining hibsga olinişiga izoh berib, muxolifatni vaziyatni siyosiylaştirişda ayblagan edi.
Akrom Imomöğli Jumhuriyat xalq partiyasidan «praymeriz»da (içki saylov saylovlari) yagona nomzod edi, uni Turkiya prezidentiga asosiy raqib sifatida körişadi. Merning hibsga olinişi fonida mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar çeklandi, turk lirasi tarixiy minimumga qadar quladi. Manbalarga köra, hukumatning maqsadi — Istanbulni hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi nazorati ostiga qaytariş. Turkiyada ommaviy norozilik namoyişlari davom etmoqda.













