AQŞ Savdo vaziri Hovard Lyutnik bir kun içida çet elliklarga mamlakatda doimiy yaşaş huquqini beruvçi 1000 ta «oltin karta»ni boy investorlarga sotganini aytdi.
«Aytgança, men keça mingta [Oltin karta] sotdim», dedi Lyutnik 20 mart kuni All-In Podcass podkastiga bergan intervyusida. Suhbat qaysi kuni yozib olingani aniq emas.
Savdo vaziri intervyuda dunyoda Qöşma Ştatlar «oltin karta» sotişi mumkin bölgan 37 million odam borligini aytdi. Uning sözlariga köra, agar «biror dahşatli iş qilsa» AQŞ rasmiylari «oltin karta»ni egasidan olib qöyişi ham mumkin.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 25 fevral kuni mart oyida «oltin karta» dasturini işga tuşirilişini kutayotganini aytdi, bu dastur egalariga Qöşma Ştatlarda doimiy yaşaş huquqini va kelajakda Amerika fuqaroligini beradi. Bitta kartaning narxi, Trampning sözlariga köra, taxminan beş million dollarni taşkil qiladi. Trampning fikriça, AQŞ bu kartalardan milliontani sotişi mumkin.












