Bloomberg: Pentagon o‘z xodimlarini yolg‘on detektorida tekshirishni boshladi
Bunga Ilon Mask AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy urushga oid maxfiy ma’lumotlar bilan tanishishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlar sabab bo‘lmoqda.

Foto: Bloomberg
AQSh Mudofaa vazirligi Ilon Maskning Pentagonga tashrifi to‘g‘risida ma’lumotlarni sizdirgan manbani aniqlash uchun yolg‘on detektoridan foydalangan holda ichki tergovni boshladi.
Bloombergʼning yozishicha, milliy xavfsizlikka bog‘liq ma’lumot «oshkor etilgani» fakti bo‘yicha tergov o‘tkazishni mudofaa vaziri apparati rahbari Jo Kasper buyurgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Jo Kasper aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilgan.
Ilon Mask 21 mart kuni xarajatlarni qisqartirish va innovatsiyalarga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Pentagonga tashrif buyurdi. Uning tashrifidan oldin The New York Times harbiylar Mask uchun «o‘ta maxfiy brifing» o‘tkazmoqchi ekani, uning doirasida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy urush rejalari haqida ma’lumot berilishi haqida yozdi. The Wall Street Journal manbalari ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Mask uchun brifing tashkil etilgan yoki etilmagani noma’lum.
Pentagon vakillari OAVda tarqalgan «o‘ta maxfiy» brifingga oid xabarlarni yolg‘on deb atadi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa bunga «bema’nilik» deya izoh berdi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Tesla kompaniyasiga rahbarlik qiluvchi Ilon Maskda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lishi mumkinligi, shu bois hech qachon unga bunday ma’lumotlar bilan tanishishga ruxsat bermasligini tan oldi.
Mavzuga oid

12:52 / 25.03.2025
AQShda Mask departamenti tekshiruvidan so‘ng 7 mln kishi vafot etgan deb topildi

13:16 / 24.03.2025
Mask tufayli Tesla deyarli yarim qiymatini yo‘qotdi

21:22 / 23.03.2025
NYT: SpaceX Tramp ma’muriyatidan milliardlab dollarlik shartnomalar oladi

14:54 / 22.03.2025