Şmidt nomidagi Okean instituti mutaxassislari Antarktidadan ajralgan ulkan A-84 aysbergi ostida şakllangan dengiz tubini birinçi bölib örgandi. Tadqiqotçilar önlab yoki hatto yuzlab yillar davomida muz ostida yaşab kelgan boy va xilma-xil ekotizimga duç keldi.

2025 yil 13 yanvardan Georg VI şelf muzligidan ajratilgan aysbergning maydoni 510 kilometr kvadrat kilometrni taşkil etadi.

Qayd etilişiça, masofadan boşqariladigan ROV Subastian qurilmasi yordamida tadqiqotçilar 1 300 metr çuqurlikdagi dengiz tubini örgangan. Ular katta marjonlar, muz baliqlari, ulkan dengiz örgimçaklari va sakkizoyoqlar yaşaydigan ekotizimni aniqladi. Olimlarning taxminiga köra, uşbu jonzotlar önlab yoki hatto yuzlab yillar davomida muz ostida mavjud bölib kelgan.

Odatda, çuqur suv ekotizimlari oziq moddalarni taşqi manbalardan oladi. Biroq uşbu hudud 150 metr qalinlikdagi muz ostida quyoş nuri va taşqi resurslardan töliq uzilgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, uşbu ekotizim okean oqimlari orqali keladigan oziq moddalar hisobiga yaşab kelgan.

Biologik tadqiqotlardan taşqari, mutaxassislar mintaqa geologiyasi va fizik okeanografiyasi böyiça ham ma’lumotlar töplagan. Ular avtonom suvosti qurilmalari yordamida muz erişi natijasida hosil bölgan suv okeanning kimyoviy va fizik xususiyatlariga qanday ta’sir körsatişini örgangan. Uşbu ma’lumotlar iqlim özgarişi Antarktida muz qoplami va dengiz sathiga ta’sirini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.

«Ekspeditsiya ilk bor şunday yirik şelf muzligi ostidagi ekotizimlarni batafsil örganiş imkonini berdi. Uşbu kaşfiyot hayot qanday qilib ekstremal şaroitlarda mavjud bölişi mumkinligi hamda iqlim özgarişining Antarktidadagi ta’sirini tuşuniş uçun nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi», — deyiladi xabarda.