Rossiyaning Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti (AANII) ma’lumotlariga köra, 2025 yil oxirigaça dunyodagi eng yirik deb hisoblangan A23a aysbergi «öz tarixini yakunlamoqda».

«A23a mayda bölaklarga bölinib, özining asl maydonining 99 foizini yöqotdi. Yanvar oyida aysberg maydoni taxminan 1300 kvadrat kilometrni taşkil etdi. Ayni paytda uning maydoni 50 kvadrat kilometrdan kam. Hozir A23a aysbergi dengizda suzmoqda va köz öngimizda parçalanmoqda», dedi AANII Muz va gidrometeorologiya ma’lumotlari markazi boş mutaxassisi Polina Soloşçuk.

Sönggi uç oy içida A23a ming kilometrga yaqin masofani bosdi, Janubiy va Atlantika okeanlari çegarasini kesib ötdi. Hozir u janubiy kenglikning 49-parallel atrofida suzib yuribdi.

A23a aysbergi 1986 yilda Antarktidadagi Filxner şelf muzligidan ajralgan edi. Şakllangan vaqtda uning maydoni 4170 kvadrat kilometrni taşkil etgan. Bu Sankt-Peterburg şahri maydonidan deyarli ikki baravar katta.

Aysberg 30 yildan ortiq vaqt davomida Ueddell dengizida sayozlikda turdi, söngra Antarktida qirğoqlari böylab suza boşladi. 2025 yil boşida aysberg yana sayozlikka çökdi, ammo avgust oyida Janubiy Jorjiya oroli yaqinida öz harakatini davom ettirdi.

2025 yil oxiriga kelib, A23a maydoni 1370 kvadrat kilometrgaça qisqardi, şu sababli u dunyodagi eng katta aysberg maqomini yöqotdi.