Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga köz olaytiryapti?
|01:30 / 27.03.202513 76915 min
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar böyiça şartnoma imzolaşga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegemonlik poygasida muvozanatni tiklaş uçun radikal urinişlardan biridir. Reja qançalik darajada iş beradi?
Oxirgi haftalarda rasmiy Vaşington va Kiyev örtasida Ukraina hududida kritik minerallar qazib oliş böyiça imtiyozlar beruvçi kelişuv matni siyosiy munozaralar markazida böldi. Kritik minerallar yaşil energetika tizimlari, yarimötkazgiçlar, batareyalar va mudofaa qurilmalari işlab çiqariş uçun muhim xomaşyodir. Uşbu sanoatda Xitoy yetakçi hisoblanib, alyuminiy, litiy va kobalt işlab çiqarişning yarmidan köpiga, nodir metallarining 90 foiz va tabiiy grafitning 100 foiz qismlariga egalik qiladi. Şuningdek, Çili, Indoneziya, Rossiya, Kongo Demokratik Respublikasi va Argentina ham kritik minerallar sanoatida muhim rol öynaydi.
Donald Tramning Ukrainani nodir metallar böyiça şartnoma imzolaşga undaşi esa taktik xususiyatga ega bölib, jamoatçilikni Amerika kritik minerallar xavfsizligiga e’tibor qaratayotganiga ma’lum vaqt işontiriş uçun xizmat qiladi. Aslida bu Bayden davrida boşlangan Xitoyni texnologik tiyib turiş siyosatining muvaffaqiyatsizligini ham özida aks ettiradi.
Xitoyning Ğarbga qarşi kritik minerallar uruşi
2023 yilning may oyida AQŞ Yevropa bilan hamkorlikda Xitoyning texnologik salohiyatini çeklaş maqsadida çeklovlar kiritdi. Bunga javoban Xitoy milliy xavfsizlik uçun nodöstona davlatlarga galiy va germaniy eksportiga çeklovlar joriy qildi. Yarim ötkazgiçlar, 5G stansiyalar va quyoş panellari işlab çiqariş uçun muhim bölgan uşbu kritik minerallarga çeklov kiritilişiga asosiy sabablardan biri Niderlandiyaning yuqori darajadagi yarimötkazgiç işlab çiqarişga yordam beradigan texnologiyalar eksportini çeklagani böldi. Oradan bir yil ötib, 2024 yil avgustda Xitoy infraqizil nurli raketalar, yadro qurollari, tungi köriş vositalari kabi harbiy uskunalarda işlatiladigan antimonit (surma) moddasi eksportini ham taqiqladi. Xitoyning uşbu moddani dunyo böyiça qazib oliş uluşi 48 foizni taşkil etişini hisobga olganda, bu taqiqlar AQŞ va uning ittifoqçilari uçun oğriqli edi.
Sobiq AQŞ prezidenti Bayden administratsiyasi 2024 yil 2 dekabrda Xitoyga yuqori darajadagi çiplar va çip tayyorlovçi texnologiyalar yetkazib berişga çeklov kiritdi. Bunga javob tariqasida 3 dekabr kuni Xitoy galiy, germaniy va antimonit minerallarini AQŞga eksport qiliş böyiça mavjud çeklovlarni
. 22 dekabr kuni Xitoy nodir metallar tayyorlovçi texnologiyalar yetkazib berişga ham taqiq kiritdi. Bu taqiq Xitoyning avvalroq joriy etilgan nodir metallar qazib oluvçi va ajratuvçi texnologiyalar yetkazib berişdagi çekloviga
Xitoyning harakatlari AQŞning strategik kamçiligini oçib berdi. Qöşma Ştatlar Pekinning kritik minerallar va nodir metallariga xuddi Xitoy AQŞning yuqori texnologiyalariga qaram bölgani kabi boğliqligini körsatib berdi.
Birinçidan, kritik minerallar va nodir metallarga boğliqlik rivojlangan harbiy texnologiyalarni işlab çiqariş va yangilari ustida tadqiqot olib borişni AQŞda Xitoydagiga qaraganda qimmatroq qiladi. Natijada zamonaviy qurollar poygasida Xitoyning imkoniyatlari yuqori öringa çiqadi. Bugungi kunda harbiy harakatlarning eng muhim vositasiga aylangan dronlarni misol tariqasida oladigan bölsak, mazkur uskunalarning parvoz qiliş davomiyligini oşiriş va batareyalarini takomillaştirişda kritik minerallar va nodir metallar muhim örin tutadi. Batareyalar sohasida ortda qoliş AQŞga masofadan boşqariladigan texnologiyalar borasida ham Xitoy bilan raqobatlaşişni murakkablaştiradi. Çunki strategik aloqani ta’minlaş uçun ma’lum masofalarda joylaştirilgan radar qurilmalarining samaradorligi batareyalarga boğliq.
Ikkinçidan, iqtisodiy raqobat va biznes manfaatlar töqnaşuvida ham Xitoy AQŞga qaraganda yaxşiroq holatda böladi. Masalan, elektr maşinalar sanoatida BYD Trampning yaqin hamkori Ilon Maskka tegişli Tesla’ga jiddiy raqib sanaladi. 2024 yilda BYD elektr maşinalar bozorining qariyb törtdan bir qismiga egalik qildi. Bu Tesla’ning bozordagi uluşidan deyarli 2,5 barobarga köp. Ma’lumki, elektr maşinalar batareyalarini işlab çiqariş kritik minerallar va nodir metallarga boğliq. Batareyalar bilan bir qatorda, Xitoy çeklovlar röyxatida asosiy örinlarni egallagan galiy va germaniy minerallari yarimötkazgiçlar sanoatida muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Yarimötkazgiçlar esa öz navbatida sun’iy intellekt tizimlari samaradorligini ta’minlab beradi. Bu Xitoy mikroelektronika sohasida AQŞga boğliq bölganidek, AQŞ ham Xitoyning xomaşyolarisiz murakkab vaziyatda qoliş ehtimoli borligini anglatadi.
Bayden ma’muriyatining harakatlari
AQŞ Bayden davrida kritik minerallar va nodir metallar sanoatini şakllantirişga urinib körgan. Misol uçun, 2020-2022 yillar Bayden administratsiyasi MP Materials’ga noyob metallar ajratib oliş va magnitlar işlab çiqarişgaça bölgan jarayonni quriş uçun 44,6 million dollar hamda Lynes Rare Earths’ga noyob metallar ajratib oliş imkoniyatlarini rivojlantiriş uçun 150,4 million dollar ajratdi. Şu jumladan, Vaşington yana bir qator çoralarni kördi:
1. Mudofaa işlab çiqariş töğrisidagi qonunni (DPA) qöllaş: EV batareyalari uçun litiy, nikel, kobalt, grafit va marganets qazib oliş va qayta işlaş jarayonlarini tezlaştirişni nazarda tutadi;
2. Batareyalar işlab çiqarişga mablağ ajratiş. 25 ta loyiha uçun 14 ta ştatda batareya işlab çiqarişni oşiriş va xorijiy ta’minotga boğliqlikni kamaytiriş maqsadida 3 milliard dollar ajratildi;
3. Içki litiy qazib oliş loyihalarini tasdiqlaş. Nevadada joylaşgan Ioneer litiy qazib oliş loyihasini tasdiqlaş, yiliga 370 ming elektromobil uçun litiy işlab çiqariş;
4. Muhim minerallar zaxiralarini mustahkamlaş. Xitoyning mineral ta’minoti böyiça ustunligini kamaytiriş maqsadida nikel va kobalt zaxiralarini yaratiş rejasi;
5. Xitoy importiga tariflarni oşiriş. Xitoydan olib kelinadigan quyoş panellari va litiy-ion batareyalariga bojxona tariflarini ikki va uç baravarga oşiriş;
6. Infratuzilma investitsiyalari va iş joylari töğrisidagi qonunni amalga oşiriş. Nodir yer minerallarining zaxiralarini yaratiş uçun 1 milliard dollar, qayta işlaş va utilizatsiya qiliş uçun 3 milliard dollar ajratildi;
7. Amerika ta’minot zanjirlari böyiça farmon çiqariş. Muhim minerallar ta’minot zanjirlaridagi zaif tomonlarni aniqlaş uçun 100 kunlik tahlil ötkaziş;
8. Nodir yer elementlarini ajratiş uçun grantlar beriş. Kömir kulidan va şaxta çiqindilaridan nodir yer elementlarini qazib oliş böyiça tadqiqotlar uçun universitetlarga 16 million dollar ajratiş;
9. Muhim minerallar böyiça loyihalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşni körib çiqiş. Amerikada muhim minerallar qazib oliş loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun minimal narxlar belgilaş va boşqa moliyaviy yordam mexanizmlarini körib çiqiş.
Trampning rejasi iş beradimi?
Bayden administratsiyasi amalga oşirgan yuqoridagi harakatlar strategik ahamiyatga ega bölsa-da, AQŞga raqobatbardoş kritik minerallar va nodir metallar sanoatini yölga qöyiş uçun yetarli emas edi. Donald Tramp esa Jo Baydendan farqli ravişda kritik minerallar sohasiga ham boşqa yönalişlarda bölgani kabi radikal va taktik uslubda yondaşişni tanladi. Masalan, Tramp tomonidan taklif etilgan Ğazo aholisini köçiriş haqidagi fikr ança keskin bölişiga qaramasdan, Yaqin Şarqdagi Isroil bilan boğliq muammo hal qilmaydi. Bu taklif bilan Tramp faqatgina Netanyahu koalitsiyasidan Smotriç boşçiligidagi öta öng kuçlar çiqib ketişini töxtatib turadi va Netanyahuga hukumatda qolişga yordam beradi. Şu orqali joriy hukumatning umri qisman uzayişiga kömaklaşiladi.
Kritik minerallar borasidagi Donald Trampning Ukraina bilan imzolamoqçi bölayotgan şartnomasi ham, Grenlandiyani anneksiya qiliş rejasi ham radikal va taktik xarakterga ega bölib, Xitoy bilan raqobatda AQŞ ustunligini ta’minlamasligi mumkin.
Birinçidan, Xitoy kritik minerallar qazib olişdan taşqari ularni işlab çiqaruvçi maşinalar borasida ham AQŞga qaraganda sezilarli ustunlikka ega. Xuddi Xitoy litografiya texnologiyasi borasida AQŞga yetib olişi kerak bölgani kabi AQŞ ham kritik minerallar işlab çiqaruvçi texnologiyalar sanoatida Xitoyga yetib olişi kerak. Biroq Ukraina va Grenlandiyagi kritik mineral zaxiralarini nazorat qiliş işlab çiqariş texnologiyalari bilan boğliq muammoni hal qilmaydi. Masalan, dengiz va okeanlar tubi minerallar qazib oliş uçun huquqiy jihatdan neytral hududlar bölib, u yerlardan barça davlatlar foydalanişi mumkin. Biroq Qöşma Ştatlarda bu kabi amaliyotlarni bajariş uçun ayni paytda yetarli texnik va texnologik potensial yöq. Ukraina va Grenlandiya mineral resurslarini talab qilayotgan AQŞning muammosi mineral zaxiralariga ega hududlarning yöqligida emas, balki ularni qazib oladigan raqobatdoş texnika va texnologiyalar yetişmasligida.
Ikkinçidan, AQŞdagi faol jamoatçilik tabiatga zararli bölgan qazib oliş amaliyotlariga Xitoy yoki boşqa rivojlanayotgan mamlakatlar jamoatçiligiga qaraganda kuçliroq qarşilik körsatişi mumkin. Buning sababi yaşil energetika tasavvur qilinganidek yaşil emas. Şu sababli AQŞ öz hududiga bu sanoatni olib kirişda qiyinçiliklarga duç keladi. Biroq şuni unutmaslik kerakki, Grenlandiya va Ukrainada ham jamoatçilik fikri şakllangan bölib, ekologik ekspansiya AQŞ qazib oluvçi kompaniyalari faoliyatiga qarşi noroziliklarga sabab bölişi va sanoatning samaradorligini qisqartirib yuborişi mumkin.
Va nihoyat, Grenlandiya va Ukraina hududida mineral resurslarni qazib oliş jarayoni boşlangan taqdirda ham, qazib oliş amaliyotini muvaffaqiyatli yölga qöya oladigan AQŞ kompaniyalari ma’lum emas. Bunga sabab kompaniyalar oldida arzon va malakali işçi kuçining uşbu sanoat sohasida yetişmasligi, Rossiyaning Ukraina hududida yangi hujum boşlaş ehtimoli, Grenlandiyadagi ozodlik harakati xavfi, sanoat zanjiriga moslaşib olgan Xitoy firmalari bilan raqobatbardoşlikni yölga qöyiş kabi bir qança tösiqlar mavjud. Allaqaçon kritik minerallar sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan Xitoy firmalari bilan raqobatlaşiş uçun Amerika kompaniyalari davlatdan köplab imtiyoz va yordam olişi zarur böladi. Öz navbatida bu yordamlar zanjiri federal budjetga va liberal bozor qoidalariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şuningdek, 2026 yilgi Kongressga saylovda demokratlarning ğalabasi Donald Trampning keskin yondaşuvini töxtatişi mumkin. Bunday holatda Amerika kompaniyalariga kritik minerallar sohasida uzoq muddatli rejalar tuziş xavfliligiça qoladi. Natijada milliy kritik minerallar va nodir metallar sanoati AQŞdagi mahalliy kompaniyalar uçun jozibador biznesga aylaniş ehtimolini kamaytiryapti.
AQŞning kritik minerallar va nodir metallar böyiça siyosati borasida kutilmalar
Qöşma Ştatlar özining kritik minerallar va nodir metallar sanoatidagi muammolarini hal qiliş uçun quyidagi yönalişlarda siyosat yuritişi mumkin.
Agressiv ekspansiya. Ayni AQŞ prezidenti Donald Tramp taşqi siyosatida namoyon bölayotgan bu xarakter Qöşma Ştatlarni bevosita yoki amerikaparast kuçlar yordamida mineral zaxiralarni nazoratga olişga undaydi. AQŞning bevosita iştiroki esa amaldagi dunyo tartibotini xavf ostiga soladi va XIX asr kolonial yondaşuvlarni qayta siyosat maydoniga olib keladi. Amerika biznes elitasidagi minerallarga ehtiyojni qondiriş istagi siyosiy elitaga va undan taşviqotlar orqali Amerika xalqiga ötişi mumkin. Bu esa liberal va demokratik qatlam hamda kolonialistik qaraşlar tarafdorlari örtasida içki siyosatda keskin bölinişga sabab böladi. Boşqa tarafdan esa ekspansion siyosat amerikaparast kuçlar yordamida amalga oşirilişi mumkin. Bu XX asrdagi neft uruşlariga öxşaydi. Natijada siyosiy va harbiy nizolarning Yaqin Şarqdan boşqa markazlari paydo böladi. Bular Janubi-Şarqiy Osiyo va Afrika mintaqalari böliş ehtimoli bor.
Rossiya bilan yaqinlaşiş. Rossiya texnologik imkoniyatlarning sanksiyalar tufayli çeklangani va savdo taqiqlari sababli öz resurslaridan töliq foydalana olmaydi. Vaşington esa har ikkala muammoni hal qila oladigan imkoniyatga ega. Oq uyning Rossiya bilan munosabatlarni iliqlaştirişi AQŞ sanoatidagi mineral resurslar bilan boğliq muammoni yumşatişi mumkin. Bu yöl bilan Vaşington faqatgina minerallar sanoatida yangi ta’minot yönalişini oçibgina qolmasdan, Rossiya va Xitoyni özaro raqobatçiga ham aylantiradi. Boşqa tarafdan esa AQŞning taşqi ta’minotga boğliqligi saqlanib qoladi. Bu xuddi XXI asr boşidagi Yevropa davlatlarining Rossiyadan energiya resurslari sotib olişiga öxşaydi. Bu çora Moskva özining siyosiy ambitsiyalarini namoyiş etgunga qadar qisqa muddat samara berişi mumkin.
Savdo uruşlarini töxtatiş. Savdo uruşlarini töxtatiş uçun Vaşington texnologiyalar sohasidagi tub muammolarga murojaat qilişi kerak. 1991 yildan keyin yagona tartibot ostida ösib kelayotgan Amerika texnologiya kompaniyalari çamasi çorak asr vaqt ötgandan keyin şakllangan köp qutbli dunyo qoidalariga moslaşa olmayapti. Avvallari Vaşington aytgan qoidalar hukm surgan dunyoda endilikda har bir davlat texnologiyalar bozori va kiberolam uçun öz içki qoidalarini joriy etmoqda. Bu şaroitda faqatgina ixtiroçilikning özi yetmaydi. Amerika kompaniyalari diplomatiya va narx-navo borasida ham raqobat qilişlariga töğri kelmoqda. Natijada qimmat işçi kuçi va faol geosiyosiy mavqega ega bölgan AQŞga uşbu xususiyatlar aks ta’sir körsata boşladi. Nisbatan mö’tadil taşqi siyosat va arzon işçi kuçi Xitoyga ustunlik bermoqda. Texnologiya kompaniyalari uçun raqobatdoş içki muhit va qulay taşqi siyosat taqdim etolmagan AQŞ siyosiy elitasi oxir-oqibat oçiqçasiga çet davlatlar bilan savdo uruşiga kirişdi. AQŞ sanksiyalariga javoban joriy etilgan çeklovlar esa minerallar sanoatini ham çetlab ötmadi. Şu bilan bir qatorda, yana bir narsa namoyon bölyapti. Asosan sovuq uruşdan keyin ösgan Amerika texnologiya kompaniyalarida xalqaro raqobatçilar bilan raqobat qilişga xohiş ham, jur’at ham yetişmayapti. Oqibatda hukumat kompaniyalarga yordam beriş uçun turli bojlar va sanksiyalar e’lon qilişga majbur. Savdo uruşlarini töxtatiş uçun – kamida texnologiyalar sohasida – Vaşington samarador içki islohotlar ötkazişi muhim. Aks holda qutblaniş avj olib borişi va ekpansion kayfiyatning kuçayiş ehtimoli yuqoriligiça qoladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi