AQŞ Global Media agentligi (USAGM) «Ozod Yevropa»/«Ozodlik radiosi»ni moliyalaştirişni töxtatiş haqidagi avvalgi qarorini bekor qildi. Bu haqda sud hujjatlaridan ma’lum bölmoqda.

Avvalroq, USAGM radiostansiyani moliyalaştirişni töxtatib qöygan edi. Şundan söng, «Ozodlik radiosi» sudga murojaat qildi. Sud moliyalaştirişni tiklaş haqida radiostansiya foydasiga qaror çiqardi.

USAGM xabarida aytilişiça, u hali ham grantni töxtatib qöyiş huquqiga ega. Grantning qolgan qismi 2025 yil 30 sentabrgaça amal qiladi.

«Ozodlik radiosi» AQŞ Kongressi tomonidan USAGM orqali ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladi. 14 mart kuni prezident Donald Tramp yettita federal agentlikni, jumladan USAGM'ni samarali ravişda yöq qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Şunda «Ozodlik radiosi» federal grant töxtatilgani haqida xabar oldi. USAGM boş maslahatçisi Keri Leyk tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, Tramp ma’muriyati radiostansiyaga qilingan xarajatlarni soliq tölovçilar pullaridan samarasiz foydalaniş deb hisoblaydi.

Agentlik «Amerika Ovozi»ni ham nazorat qiladi. 15 mart kuni radiostansiya xodimlariga maoş tölanadigan ta’tilga jönatilgani haqida xabar berilgan. Şundan beri naşrning veb-sayti yangilanmagan.

«Ozodlik» radiosi 1953 yilda taşkil qilingan. Bugungi kunda uning bölinmalari – radio, internet saytlari, televideniyening haftalik auditoriyasi dunyoning 23 davlatida, jumladan, Rossiya, Ukraina, Eron, Afğoniston, Pokiston, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida yaşovçi 50 million kişiga baholanadi.