Qayd qilinişiça, 2030 yilga borib, mamlakat aholisi 41 millionga yetişi, iqtisodiyot 2 karra ösişi kutilayapti. Bu energiya resurslariga bölgan talabni hozirgidan 1,5 karra oşiradi. Şuning uçun yangi loyihalarni işga tuşirib, quvvatni köpaytiriş bilan birga energiyani tejaş çoralarini köriş zarur.
Yiğilişda mutasaddilar şu boradagi işlar va kelgusi rejalar töğrisida axborot berdi.
Prezident körsatmasiga muvofiq, ötgan yilgi tajribani davom ettirib, joylarda energiyani tejaş imkoniyatlari olimlar iştirokida ilmiy asosda örganilmoqda. Xususan, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi örganişlarda 870 million kilovatt soat elektr va 420 million kub metr gazni iqtisod qilişning yangi imkoniyatlari aniqlandi. Masalan, bu viloyatlardagi kiçik va örta sanoat korxonalarida 35 mingga yaqin eskirgan uskunalarni tejamkoriga almaştirib, yiliga 385 million kilovatt soat elektr va 50 million kub metr gaz tejaş mumkin.

Tuman va mahallarda energiyani iqtisod qiliş böyiça imkoniyatlar juda köp. Masalan, 300 ta mahallada 100 megavattli kiçik quyoş stansiyalari barpo qilib, şu yilning özida 45 million kub metr gaz tejasa böladi. Bundan taşqari, kanal va soylarda quriladigan mingdan ziyod mikro GES hisobiga qöşimça 175 million kilovatt soat elektr işlab çiqariladi. Köçalarni yoritişga ham yiliga 200 million kilovatt elektr sarflanayapti. Quyoş panelli çiroqlar örnatilsa, iste’mol 2 karra kamayadi.
Şu kabi imkoniyatlar hisobidan, bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qiliş böyiça qöşimça reja olindi.

Davlat rahbari, birinçi navbatda, yirik sanoat korxonalarida zamonaviy tejamkor uskunalar örnatiş, energiya isrofini kamaytiriş zarurligini ta’kidladi. Hukumatga bu sohada yangiça ijro va nazorat tizimida işlaş topşirildi.
Işxonalar va uy-joylarda energiyani tejaş madaniyatini oşiriş ham muhim. Elektr va gazni behudaga yoqib qöymaslik, quyoş panellari va boşqa muqobil manbalardan foydalaniş ham ança hajmni tejaydi.
Farğona vodiysi viloyatlarida aholi ziç joylaşganini hisobga olib, ularni energiya bilan ta’minlaşda alohida yondaşuv işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Bu tajriba bosqiçma-bosqiç boşqa hududlarda ham joriy etilişi közda tutilmoqda.









