Prezident Şavkat Mirziyoyevga avtomobil yöllari quriş loyihalarining borişi töğrisida axborot berildi.
Qayd qilinişiça, mamlakatda 184 ming kilometrdan ziyod avtomobil yöli bor. Tahlillarga köra, xalqaro ahamiyatga ega yöllarning 25 foizi katta yuklamada işlayapti. Masalan, kuniga 32 ming avtomobilga möljallangan “Toşkent – Samarqand” yölida 45 mingta transport qatnayapti. Tirbandlik sababli ba’zan bunga 6 soatgaça vaqt ketyapti. 2030 yilga borib harakat jadalligi 80 mingdan oşişi mumkin.
Toşkentdan Samarqandga va Andijonga eltuvçi muqobil yöllar quriş ustida iş olib borilmoqda. Jumladan, Jahon banki iştirokida “Toşkent – Andijon” yöli loyihalaştirildi. Yanvarda uni quriş böyiça xalqaro tender e’lon qilindi. Ta’kidlanişiça, qisqa vaqtda unga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqiş bildirdi. Umumiy uzunligi 314 kilometr bölgan bu tezyurar magistral foydalanişga topşirilişi natijasida Toşkent bilan Andijon orasidagi qatnov vaqti 5 soatdan 3 soatgaça qisqaradi. Şuningdek, bu yalpi içki mahsulotni 2,6 foizga oşirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytiriş imkonini beradi.
Yana bir loyiha Toşkent bilan Samarqandni boğlovçi qöşimça yöl qurişga qaratilgan. Xorijiy mutaxassislar iştirokida uning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqilgan. Bu yangi yölning uzunligi 300 kilometr atrofida böladi. Uning natijasida Toşkent bilan Samarqand örtasida qatnov vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatgaça qisqaradi. Hozirgi mavjud yölda tirbandlik ança kamayadi.
Ta’kidlanişiça, bu yangi yöllar barça zamonaviy talablarga javob beradigan, muqobil va qulay böladi. Ularda haydovçi va yölovçilar uçun turli pullik xizmatlar yölga qöyiladi. Bunyodkorlik jarayonida mahalliy quriliş korxonalari ham qatnaşişi mumkin böladi.
Transport vaziri mazkur loyihalar holati böyiça taqdimot qildi. Geodeziya işlarini jadallaştirib, yöllar hududini tayyorlaş, qurilişga mablağ va pudratçilarni jalb qiliş masalalari körib çiqildi.












