Yevropa, Ğarbiy Afrika, Şimoliy Osiyo, AQŞ şimoli-şarqida va Kanada şarqida yaşovçilar Quyoşning qisman tutilişini körişi mumkin böladi. Oyning soyasi Quyoşning faqat yarmini qoplaydi va u yarimoyga öxşab qoladi, deb xabar berdi Euronews.

Quyoş tutilişi Şimoliy va Janubiy Amerikaning aksariyat qismida ertalab sodir böladi. Ğarbiy Yevropa va Afrikada – ertalab, Şarqiy Yevropa va Şimoliy Osiyoda – tuşdan keyin.

Özbekistonda Quyoşning qisman tutilişi kuzatilmaydi.

NASA ma’lumotlariga köra, Quyoş va Oy tutilişi yiliga törtdan yetti martagaça sodir böladi. Oy orbitasining Yerga nisbatan qiyaligi tufayli bu tabiat hodisalari odatda juft tarzda sodir böladi. Misol uçun, mart oyining örtalarida Oyning töliq tutilişi uni qizil rangga «böyagan edi».

Sentyabr oyida Oyning navbatdagi töliq tutilişi va Quyoşning qisman tutilişini köriş mumkin.