26 mart kuni bölib ötgan matbuot anjumanida nodavlat OTMlar yurisprudensiya yönalişi litsenziyasini olişda qiyinçilikka duç kelayotgani masalasi yana kötarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilyapti.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinçi örinbosari Şohrux Daliyev biror yönalişga berilmayapti yoki sun’iy tösiq qöyilgan degan gap notöğri ekanini ta’kidladi. “80-son qarorda pasport va talablar belgilangan. Lisenziya öşanga muvofiq amalga oşiriladi. Yuridik ta’lim yönalişini taşkil etişga keladigan bölsak, Oliy ta’lim vazirligida yondaşuv har bir yönalişga obektiv tarzda bir xil”, – dedi u.

Şuningdek, Daliyev vazirlik biror yönalişga sub’yektiv yondaşuv qilib, “yurisprudensiya bermayapti, yo tibbiyot bermayapti, matematika bermayapti degan narsaga qattiq çaliniş kerak emas”ligini ham aytdi. “Portalimizga yönaliş qöşiş, yangi oliygoh oçiş masalalarida juda köp murojaatlar keladi va biz barçasini tartib-qoidaga asosan körib çiqyapmiz. Bitta OTM yoki bitta yönalişga urğu berib gapiriş notöğri. Agarda kimdadir aynan yurisprudensiya yönalişini oçiş böyiça qandaydir muammo yuzaga kelayotgan bölsa, marhamat, biz oçiqmiz. Biz bilan muloqot qilişi mumkin, alohida uçraşişimiz ham mumkin”, – dedi u.

Daliyev fikrlarini vazirlik departamenti boşliği Abduvali Xoliqov ham qöllab-quvvatladi. Unga köra, xususiyatidan kelib çiqqan holda hamma yönalişning öz talabi bor. “Masalan, yurisprudensiya deyapmiz, lekin biologioya, geologiya yönalişlarini oçiş yurisprudensiyadan ham qiyin. Çunki u qöşimça moddiy texnik baza, laboratoriyalar talab qiladi. Yurisprudensiyada ham laboratoriya talab qiladigan dasturlari bor”, – dedi Xoliqov.

Eslatib ötamiz, yurisprudensiya yönalişiga litsenziya olişdagi qiyinçiliklar borligi ançadan beri kötariladigan masala. Mas’ullar odatda nodavlat OTMlar talablarni töliq bajarmayotgani, talablar bajarilsa, muammo yöqligini aytib kelişadi.