Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tumanida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining sayyor majlisi bölib ötdi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda parlament palatalarining mas’ul qömitalari raislari boşçiligida alohida işçi guruhlar tuzilib, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça joylardagi real holatni örganiş borasida işlar olib borilayotgani alohida qayd etildi.

Ta’kidlanişiça, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov boşçiligidagi işçi guruh tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi hududlarida keng qamrovli örganişlar olib borilgan.

Örganiş natijalari böyiça mutasaddilarning tegişli axborotlari eşitildi.

Hududda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşişda içki işlar, soğliqni saqlaş, maktabgaça va maktab ta’limi tizimlarida köplab masalalar e’tibordan çetda qolayotgani ma’lum qilindi. Sohalarga mas’ul bölgan rahbarlar tomonidan qayd etilgan masalalar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Törtköl tumanini «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriş böyiça alohida çora-tadbirlar rejasi amalga oşirilişi belgilandi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaş bilan birgalikda mazkur loyiha doirasida barça mutasaddi vazirlik, idoralar faoliyatini muvofiqlaştirgan holda, belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta’minlaşi qayd etildi.