Prezident Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev birgalikda Olmaotada «AlmatyFair.ai» raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt körgazmasiga taşrif buyurdi.

Davlat rahbarlariga mazkur sohalardagi ilğor yeçimlar va innovatsion işlanmalar haqida axborot berildi.

Qozoğiston prezidenti taşabbusi bilan taşkil etilgan «Alem.ai» sun’iy intellekt markazining taqdimoti bölib ötdi.

Alem.ai - sun’iy intellekt sohasida mutaxassislarni öqitiş, startaplarni işga tuşiriş va ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş uçun platforma.

Yetakçilar Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlaşmasi - «Central Asian Innovation Hubs» («Astana Hub» va «IT Park Uzbekistan») faoliyati bilan ham tanişdilar.

Prezidentlar raqamlaştiriş sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, qöşma IT mahsulotlarini yaratiş, sun’iy intellekt va ilğor axborot texnologiyalari sohasidagi milliy strategiyalarni özaro boğlaş muhimligini ta’kidladi.