Tojikistonning Xöjand şahrida Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston döstligi timsoli bölmiş «Döstlik» stelasi tantanali ravişda oçildi.

Tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov iştirok etdi.

Uç mamlakat boş vazirlari örinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga quriliş işlari yakunlangani va obekt tayyorligi töğrisida axborot berdi.

Qayd qilinişiça, uşbu yodgorlik qardoş mamlakatlar örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, işonç va strategik şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi böladi.