Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Özbekistonga parvozlar sonini oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Uzbekistan Airports va China Southern Airlines kompaniyasi örtasida muzokaralar bölib ötgan. Uçraşuvda hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari, mavjud reyslar sonini oşiriş va Özbekiston aeroportlariga yangi yönalişlar oçiş imkoniyatlari muhokama qilingan.

Ta’kidlanişiça, mavjud yönalişlar çastotasini haftasiga yetti martagaça oşiriş masalasi körib çiqilmoqda. Hozir China Southern Airlines aviakompaniyasi Toşkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toşkentdan Urumçiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oşirib kelmoqda. Şuningdek, Uzbekistan Airports kompaniyasi Andijon, Namangan va Farğona aeroportlaridan Xitoy şaharlariga yangi yönalişlarni oçişni taklif qilgan.

China Southern Airlines — Guançjou şahrida joylaşgan aviakompaniya bölib, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro reyslarni amalga oşiradi.