Tojikistonning Xöjand şahridagi sammit madaniy dasturi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Xöjand qal’asiga taşrif buyurib, uning tarixi bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, bu noyob majmuaning qurilişi miloddan avvalgi IV-V asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazişmalar natijasida öşa davrda birinçi qal’a bunyod etilganligi aniqlangan.


1999 yilda qayta ta’mirlaş işlaridan söng qal’a yonida 28 mingdan ortiq eksponatni öz içiga olgan ölkaşunoslik muzeyi oçildi.
Sönggi restavratsiya işlari jarayonida qal’a devorlari, arki va darvozalari qayta tiklandi, ma’muriy bino, hunarmandçilik dökonlari qurildi, Xöjandning qadimiy hovlilari namunalari yaratildi.

Hududda tojik xalqi tarixi va madaniyatiga oid 5 ta körgazma zalidan iborat majmua barpo etilgan. 8 ta hovlida hunarmandlar xattotlik, rassomçilik, adras töqiş, sözana tikiş, toş öymakorligi, temirçilik va kulolçilik bilan şuğullanmoqda.
Davlat rahbarlari uç mamlakatning hunarmandçiligi, qişloq xöjaligi mahsulotlari va milliy taomlari körgazmasini közdan keçirib, badiiy çiqişlarni tomoşa qildi.










