Germaniya Ikkinçi jahon uruşidan beri ilk bor xorij davlatiga qöşin kiritmoqda, deb yozdi Politico. Beş ming askar zirhli tank brigadasi tarkibida Litvaga, NATO şarqiy qanotini mustahkamlaş uçun yuboriladi.
Germaniya harbiy lobbi guruhiga köra, yangi taşkil etilgan 45-zirhli brigada Vilnyus yaqinidagi marosimdan söng rasman xizmatga kirişdi. Vaqtinçalik ştab tuzildi va general Kristof Xuber boşçiligidagi brigadaning emblemasi taqdim etildi.
«Bizning aniq vazifamiz bor: NATO şarqiy qanotidagi litvalik ittifoqçilar xavfsizligini va erkinligini ta’minlaş. Bu bilan biz NATO hududini va Germaniyaning özini ham himoya qilamiz», dedi Xuber.
Hozir Litvaga 150 nafar nemis askari yetib borgan, yil oxirigaça ularning soni 500 nafar böladi.
Brigada 2027 yilga borib töliq şakllanadi. Rejaga köra, u Vilnyusdan taxminan 30 km janubda joylaşgan Rudninkay qişloği yaqinidagi yangi harbiy majmuada joylaşadi. Harbiy qism nafaqat oldinga siljiş kuçlarini, balki qöllab-quvvatlaş bölinmalarini ham öz içiga oladi - tibbiyot xodimlari, aloqa kompaniyasi va qömondonlik qöllab-quvvatlaş guruhlari. Dastlab nemis qöşinlari vaqtinçalik bazalarga joylaştiriladi.








