AQŞ Kongressining yuqori palatasi 48 ovozga qarşi 51 ovoz bilan Tramp tomonidan Kanada tovarlariga joriy qilingan bojlarni bekor qilişni ma’qulladi.
47 nafar demokrat senatordan taşqari rezolyutsiyani respublikaçilarning 4 vakili ham qöllab-quvvatladi. Bu CNN ta’kidlaganidek, demokratlar va respublikaçilar birlaşişining kamyob namunasidir.
Rezolyutsiya rasmiy ravişda AQŞ hududida favqulodda holatni bekor qilişni talab etadi. Aynan şu holat Trampga bojlarni joriy qiliş imkonini bergan edi.
Şu bilan birga, hujjatda boşqa barça mamlakatlarga emas, balki faqat Kanadaga nisbatan sanksiyalar haqida söz boradi.
Rezolyutsiya maslahat xarakteriga ega va hali respublikaçilar köpçilikni taşkil qiluvçi AQŞ Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanişi kerak.
Tramp prezidentlikka kirişgaç, Kanadaga qarşi misli körilmagan savdo uruşini boşladi va 25 foizlik boj joriy qildi.
Bunga javoban Kanada boş vaziri Mark Karni: «Biz endi AQŞ bilan oldingidek savdo munosabatlariga suyana olmaymiz», dedi.









