Bo‘stonliqda qum-shag‘al qazib olinishi tufayli tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetdi
Bo‘stonliq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Oqsoqota soyidan fuqarolar noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgani aniqlandi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Oqsoqota soyidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olganlar aniqlandi.
Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabariga ko‘ra, reyd davomida fuqarolar soyning oqim bo‘ylab chap tarafidan davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida qum-shag‘al aralashmalarini MAN yuk mashinasiga hech qanday ruxsatnomasiz yuklab berayotgani aniqlangan.
Holat bo‘yicha surishtiruv jarayonida haydovchilar ushbu joydan qum-shag‘al aralashmalarini qazib olishni bir fuqaroning og‘zaki topshirig‘iga asosan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kayotgani va sexning nomini bilmasligini ma’lum qilgan.
Voqea joyida Bo‘stonliq tuman IIB YPX xodimi jalb qilinib, yuk tashuvchi avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun talablarini buzgan.
Holat bo‘yicha tabiatga 4 mlrd 504 mln 378 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan, to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

17:31 / 11.04.2025
Bo‘stonliqda ikki yoshli bola jarlikka tushib ketdi

12:26 / 11.04.2025
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

11:33 / 28.03.2025
Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

11:57 / 21.03.2025