AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan 2 aprel kuni e’lon qilingan boj tariflari Hind okeanidagi aholi yaşamaydigan Hyord va Makdonald orollariga ham tegişli. Bu haqda Axios naşri yozdi. Boj miqdori 10 foizni taşkil qiladi.
Hyord va Makdonald orollari davlat emas va Avstraliyaga tegişli bölib, unga nisbatan ham 10 foizlik boj joriy qilingan. Orollarga boriş uçun maxsus ruxsatnoma oliş talab qilinadi.
1997 yilda Hyord orollari va Makdonald orollari YuNESKO Jahon merosi röyxatiga kiritildi. Axios ta’kidlaganidek, bu hudud tyulenlar, pingvinlar va boşqa quşlarning koloniyalari bilan «tölib ketgan». Sönggi bor odamlar u yerga deyarli 10 yil oldin borgan.
Oq uy vakilining Axios naşriga aytişiça, orollarga boj Avstraliya hududining bir qismi bölgani uçun joriy qilingan.
Jahon banki ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Qöşma Ştatlar uşbu orollardan 1,4 million dollarlik mahsulot import qilgan, ularning deyarli barçasi «maşina va elektrotexnika buyumlari» edi. Bu tovarlar nima ekani noma’lum.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 2 aprel kuni barça mamlakatlar tovarlariga boj joriy etişini ma’lum qildi. Röyxatga Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Tayvan va boşqa köplab davlatlar kiritilgan. Trampning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar boşqa davlatlar bilan savdo tösiqlarini kamaytiriş uçun «önlab yillar» davomida bojlarni pasaytirib kelgan. Bu davlatlar esa aksinça, AQŞ tovarlariga bojlarni oşirgan.









