Sammitda nutq sözlagan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen YeI Transkaspiy transport koridori uçun 10 milliard dollar ajratişini bildirdi.

«Markaziy Osiyo bilan strategik şerikligimizda 4 ta bobni alohida aytib ötişim kerak. Şulardan birinçisi — transport koridorlari. Biz Transkaspiy transport koridori uçun 10 mlrd dollar ajratdik. Qozoğistonda şamoldan, Özbekiston va Turkmanistonda esa quyoşdan energiya oliş stansiyalarini qurişda yordamlaşamiz.

Hurmatli prezidentlar, biz transport koridorlari, toza energiya, foydali qazilmalar va raqamli boğliqlik kabi men aytgan 4 ta bobda yaxşi hamkorlar böla olamiz», — degan Ursula fon der Lyayyen.

Sammitda nutq sözlagan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari boşlanganini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

«Transkontinental özaro boğliqlikni oşiriş — asosiy vazifamiz. Oxirgi yillarda Transkaspiy koridorida Qozoğiston ança faollaşdi. Bu koridordan mahsulot olib ötişimiz 62 foizga oşdi. Qozoğiston Yevropaga uglevodorod eksport qiluvçi asosiy davlatlardan biri bölib qolmoqda. Şuningdek, milliy strategiyamiz doirasida biz AES qurmoqçimiz. AES energetik xavfsizligimizni ta’minlaş uçun kerak.

Qozoğiston mojarolarning tinç yöl bilan hal etilişi tarafdori. Ukraina böyiça tinçlik uçun muzokaralar boşlanganini qöllab-quvvatlaymiz, salom yöllaymiz. Öylaymizki, ijobiy yakun topadi. Bu mojaroning barça qiyin jihatlaridan xabardormiz», — deya Töqayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat oxirgi yillarda 18 ta kiçkina GES qurgani, yaqin yillarda yana 15 ta qurişini bildirdi.

«31 mart kuni uç tomonlama çegara kelişuvini imzoladik. Bu mintaqa barqarorligi, xavfsizligi uçun katta qadam böldi. Energetika, turizm, qişloq xöjaligi sohasida katta loyihalar boşlayapmiz. Davlatimiz katta gidroenergetik potensialga ham ega. Taxminan yiliga 142 mlrd kilovatt soat energiya işlab çiqaryapmiz.

Qayta tiklanuvçi energetika va energo samarador texnologiyalar böyiça Yevroittifoq bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Oxirgi yillarda 18 ta kiçkina GES qurdik, yaqin yillarda yana 15 ta quramiz.