4 aprel kuni Samarqandda birinçi «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammiti yakunlari böyiça Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan strategik şeriklik deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Yevropa Kengaşi xabar berdi.
Deklaratsiyada global va mintaqaviy geosiyosiy landşaftni hisobga olgan holda munosabatlarni yaxşilaşga qaror qilingani qayd etildi.
Unda tomonlar tinçlik, xavfsizlik va demokratiya yölida töliq hamkorlik qiliş tarafdori ekani, xalqaro huquqni, jumladan, BMT Nizomi va asosiy tamoyillarini hurmat qiliş, barça davlatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş, ularning xalqaro tan olingan çegaralari doirasida muhimligi ta’kidlandi.
Barça davlatlar xalqaro munosabatlarda kuç işlatiş bilan tahdid qiliş yoki işlatişdan tiyilişi, xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilişi, nizolarni tinç yöl bilan hal etişi zarurligi qayd etildi.
Yetakçilar Afğoniston barça fuqarolarning, şu jumladan, ayollar, etnik va diniy ozçiliklarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qiladigan inklyuziv hukumat va boşqaruv tizimiga ega xavfsiz, barqaror va gullab-yaşnagan davlatga aylanişini ta’minlaş tarafdori ekanini tasdiqladi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi, şuningdek, sanksiyalarni çetlab ötişning oldini oliş uçun hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahat uçraşuvlari orqali mintaqaviy hamkorlik faollaşganini olqişladi va mintaqaviy integratsiyaga qaratilgan kelgusidagi harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar iqtisodiy tadbirlarni, jumladan, Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi iqtisodiy forumini muntazam ötkazişga kelişib oldi.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari barqaror transport aloqalarini mustahkamlaş tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi. Ular Transkaspiy transport yölagi böyiça Muvofiqlaştiruvçi platforma va u böylab muhim infratuzilma loyihalarini qöllab-quvvatlaşga kelişib oldi.
Yetakçilar iqlim özgarişi, bioxilma-xillikning yöqolişi va atrof-muhit ifloslanişiga qarşi kuraşni kuçaytirişga kelişib oldi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi barça hamkorlarning Global metan taşabbusiga (Global Methane Pledge) qöşiliş qarorini olqişladi.













