AQŞ Energetika vazirligi Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti talabi bilan işdan böşatiladigan 8,5 ming xodimning röyxatini tuzdi, deb yozmoqda Bloomberg.
Röyxatga Milliy yadro xavfsizligi boşqarmasi (NNSA) tarkibidagi 3000 mutaxassisdan 500 nafari ham kiritilgan, ularning faoliyati «ikkinçi darajali» deb topilgan. Ammo ularning barçasi işdan böşatiladimi — bu hozirça noma’lum. Energetika vazirligi turli variantlarni körib çiqayotgani va yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini bildirgan. Ayni paytda vazirlikda 17,5 ming kişi işlaydi.
Associated Press ma’lumotlariga köra, işdan böşatiliş xavfi ostida qolgan mutaxassislar AQŞning yadro raketalariga xizmat körsatiş va modernizatsiya qiliş bilan şuğullanadi. Kongress a’zosi Marsi Kaptur va senator Petti Myurrey bu holatdan xavotirda ekanini bildirdi. «Yadro qurollarining xavfsizligi va işonçliligini ta’minlaş vazifasi yuklatilgan ekspertlarning işdan böşatilişi ehtimoli nihoyatda taşvişli. Bunday xavfli qisqartişlar bölmasligi kerak. Biz bu bema’nilikdan voz keçişga çaqiramiz,» — deyiladi ikki demokrat siyosatçining qöşma bayonotida.
Fevral oyida Tramp ma’muriyati Ilon Mask boşqaruvidagi departament tomonidan işdan böşatilgan yuzlab NNSA xodimlarini işga qaytarişga majbur bölgan edi. Ma’lum bölişiça, ular yadro qurolini boşqariş, işlab çiqariş obektlarida işlaş va pudratçilar ustidan nazorat qiliş bilan şuğullangan. Energetika vaziri Kris Rayt bu qisqartişni xato bölganini tan olgandi. Şu bilan birga, u Jo Bayden ma’muriyati davrida vazirlik haddan taşqari kengayganini, endi esa bu muammoni hal qilişga töğri kelayotganini aytgan. Energetika vazirligi faqat yadro qurolidan taşqari, gidroelektrostansiyalarni boşqariş, radioaktiv çiqindilarni utilizatsiya qiliş, elektr tarmoqlari modernizatsiyasi va uylarni issiqlik izolyatsiyasiga grantlar ajratiş kabi yönalişlar bilan ham şuğullanadi.
2025 yil yanvarda Tramp prezidentlikka kirişganidan söng taşkil etilgan Mask departamenti davlat sektoridan 75 ming xodimning qisqartirilişiga erişdi — ular avgust yoki sentabrgaça maoş oliş şarti bilan ixtiyoriy tarzda işdan böşagan. Bu hokimiyat organlari xodimlarining qariyb 4 foizini taşkil etadi. The Washington Post ma’lumotlariga köra, federal agentliklarning yana minglab xodimlari şu kabi şartlar taklif qilingan.









