Avtomobillar, konditsioner va muzlatkiçlar, lift va eskalatorlar, bolalar tagliklari va tiş çötkalari... Bular – oxirgi paytlarda Texnik tartibga soliş agentligi taşabbusi bilan importiga qöşimça talablar kiritilgan mahsulotlarning ayrimlari.
Bu talablar, masalan, avtomobillar va tagliklar bozorida importning keskin qisqarişiga, maişiy texnikalar va liftlarning oylab bojxonada qolib ketişiga olib keldi. Kuni keça Leapmotor C16'dan nuqson topilişi bilan joriy etilgan taqiq esa biryöla şu brendning barça modellari importini töxtatib qöya qoldi.
Bu mavzular muhokamasi tarmoqlarni qançalik “yondirgan” bölsa, soha mas’uli iştirokida Kun.uz studiyasida keçgan “Kun podkasti” ham şunçalik qizğin keçdi.
Oçiq muloqot iştirokçilari Texnik tartibga soliş agentligi boşqarma boşliği Alişer Dodoyev, jamoatçilik faollari – iqtisodçi Otabek Bakirov va avtodeklarant Azizbek Berdiyev böldi.
Davlat taqiq emas, talab qöygan, uni hamma bajarişi kerak — agentlik
Alişer Dodoyev avtomobillar importiga joriy etilgan talablarni taqiq yoki notarif çeklov deb emas, iste’molçilar xavfsizligini közlab qilinayotgan çora sifatida talqin qildi. Uning sözlariga köra, ayni paytda amal qilayotgan qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi qarori asosida belgilangan texnik reglamentga rioya etilişini ta’minlaşga qaratilgan.
“2017 yildan beri öşa texnik reglament amalda bölgan bölsa, şu texnik reglamentga asosan avtotransport vositalarining muvofiqligini baholaş işlari amalga oşirib kelinadi. Bundan taşqari, yana bir qonunimiz bor. “Transport töğrisida”gi qonun, uşbu qonunda ham belgilab qöyilganki, muvofiqligi tasdiqlanmagan, sertifikatlaştirilmagan transport vositalaridan Özbekistonda foydalaniş taqiqlanadi. Ya’ni 2 ta qonun [“Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida” qonun ham], 1 ta Vazirlar Mahkamasining qarori bilan transport vositalarining Özbekistondagi muomalasi tartibga solinadi.
Şundan kelib çiqqan holda, “taqiq örnatildi” degan söz notöğri, heç qaçon davlat taqiq örnatmaydi. Davlat talab qöyadi, talabni bajarişi kerak: importyor ham, boşqaruvçi ham, sotuvçi ham, yetkazuvçi ham, ularning vakillari ham. Iste’molçilar oldida barçasi barobar javob beradi. Bu – Jahon savdo taşkilotining talablari, xalqaro tajribaga mos”, – deydi u.
Xalqaro tajriba talab hamma uçun bir xil bölişini taqozo qiladi — iqtisodçi
















