Dominikan Respublikasi poytaxti Santo-Domingodagi Jet Set tungi klubining tom qismi qulab tuşişi oqibatida kamida 27 kişi halok böldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar markaziga (SOE) tayanib Listin Diario naşri xabar berdi.
Şuningdek, hodisa oqibatida 150 nafar atrofidagi odam jarohat olgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Listin Diariöning qayd etişiça, qulagan tom ostida qolib ketganlarning yordam sörab baqirayotganlari eşitilmoqda.
«Biz hali köplab odamlar tirik bölişi mumkin deb hisoblaymiz, şuning uçun hokimiyat vakillari va qutqaruv operatsiyasida iştirok etayotganlar oxirgi odam vayronalar ostidan topilmagunça töxtamaydi», — dedi SOE direktori Xuan Manuel Mendes.
Jet Set tomi klubda qöşiqçi Rubbi Peresning konserti bölayotgan vaqtda qulab tuşgan. Bunga nima sabab bölgani hozirça noma’lum. Peresning özi vayronalar ostidan çiqarib olingan va uning ahvoli barqaror ekani ma’lum qilingan.
Eslatib ötamiz, mart örtalarida Şimoliy Makedoniyadagi Pulse tungi klubida yonğin sodir bölgandi. DNK duetining çiqişi davomida klubda pirotexnika vositalaridan foydalanilgan, natijada şiftda yonğin çiqqan va tomoşabinlar yagona eşik orqali taşqariga çiqişga uringan. Yonğin oqibatida 59 kişi halok bölgan, jumladan, uç nafar bola ham.










