11 aprel, juma kuni Istanbul sobiq meri va Turkiya muxolifati vakili, hibsga olingan Akrom Imomöğli birinçi marta sudga keltirildi. U şahar boş prokurorini haqorat qiliş va unga tahdid qilişda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Sobiq mer yetti yil-u tört oyga qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.

Birinçi sud majlisida Imomöğli öz aybini rad etib, unga qarşi barça da’volar siyosiy sabablarga köra ekanligini qöşimça qildi. «Men Istanbulda uçta saylovda ğalaba qozonganim uçun şu yerdaman. Men 86 million (turk) xalqining qalbidagi prezident bölganim uçun şu yerdaman», — dedi u. Iş böyiça navbatdagi sud majlisi 16 iyunga belgilangan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Akrom Imomöğli 19 mart kuni poraxörlik va jinoiy taşkilot yuritişda gumonlanib hibsga olingan edi. Turkiyaning davlatga qaraşli Anadolu agentligi xabar berişiça, siyosatçi terrorçilikda ayblanib, tergov qilinmoqda. Xususan, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasini qöllab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

23 mart kuni ertalab Imomöğli sud qarori bilan hibsga olingan. Şu kuni Respublika xalq partiyasi Imomöğlini Turkiya prezidentligiga nomzod qilib körsatdi. Praymerizlar davomida uning nomzodini 13,2 million fuqaro qöllab-quvvatladi — bu röyxatga kiritilgan barça saylovçilarning qariyb 20 foizi.

Imomöğlining ta’qib qilinişi Turkiyada 2013 yildan beri eng yirik norozilik tölqiniga sabab böldi, deb xabar beradi AFP. Reuters xabariga köra, sobiq mer hibsga olinganidan keyingi 10 kun içida butun mamlakat böylab uni qöllab-quvvatlovçi 220 ga yaqin namoyişlar bölib ötgan.