AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida Rossiyani Ukrainadagi uruşni tugatiş uçun «harakatni boşlaşga» çaqirdi.
«Rossiya harakatni boşlaşi kerak. Dahşatli va ma’nosiz uruşda juda köp odamlar halok bölmoqda, haftasiga minglab. Agar prezident bölganimda bu uruş heç qaçon boşlanmasligi kerak edi va boşlanmas edi!!!», deb yozdi Tramp.
Fox News manbasiga köra, Tramp Rossiya rasmiylari Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarni «çözib yubormoqda», deb hisoblaydi. Telekanal suhbatdoşining ta’kidlaşiça, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan «hafsalasi pir bölgan». Şu munosabat bilan Oq uy çeklovlarni çetlab ötib, neftni taşuvçi Rossiyaning «maxfiy flotiga» zarba beradigan «agressiv sanksiyalarni qöllaş» variantini körib çiqmoqda.
11 aprel kuni AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga bordi. U Putin bilan muzokaralar olib boradi. Rossiya prezidenti matbuot kotibining sözlariga köra, uçraşuv mavzulari «Ukraina kelişuvining jihatlari» böladi va muzokaralar «prezident Putinga ma’qul bölgan vaqtgaça» davom etadi. Şu bilan birga, Peskov Uitkoffning navbatdagi taşrifini «hal qiluvçi deb ataş mumkin emasligi» va uçraşuvdan heç qanday yutuq kutmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi.









