“Sustainable Fitch” reyting agentligi öz hisobotida “Navoiyuran” DKning barqarorlik strategiyasini bosqiçma-bosqiç joriy etayotgani, milliy va xalqaro me’yorlarga qat’iy amal qilayotganini ijobiy baholadi.

Korxonaning ekologik siyosati, asosiy körsatkiçlarning oşkora e’lon qilinişi hamda oxirgi yillarda ekologik hodisalarning qayd etilmagani va Radioaktiv çiqindilarni boşqariş Özbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik töğrisida”gi qonuniga töliq mos ravişda amalga oşirilişi, Soğliqni saqlaş vazirligi nazorati ostida olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy yönalişda esa “Navoiyuran” DKning içki siyosatlari, oçiqlik darajasi va sönggi yillarda ijtimoiy hodisalar qayd etilmaganligi yuqori bahoga sazovor böldi. Bu esa korxona xodimlari uçun xavfsiz va teng huquqli mehnat şaroitlarini yaratişga bölgan e’tiborini körsatadi.

Korporativ boşqaruvda kompaniya milliy va xalqaro amaliyotlarga amal qilişi, Kuzatuv kengaşi raisining va Boş direktor vakolatlari ajratilgani korxona boşqaruvida muvozanat va mas’uliyatni ta’minlaşda ijobiy omil sifatida qaraldi.

Mazkur ESG reyting, Yangi Özbekiston barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişida “Navoiyuran” davlat korxonasi ham salmoqli hissa qöşayotgan işonçli va barqaror kompaniyalar safidan örin egallayotganini belgilab beradi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi PR xizmati

Reklama huquqi asosida