AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan 2021 yil 15 aprelida özidan oldingi prezident Jo Bayden tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytiriş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Tramp 14024-farmon muddatini uzaytirdi, u Bayden ma’muriyati tomonidan bir neça bor kengaytirilgan va uzaytirilgan edi. Farmon muddati 2025 yil 15 aprelda tugaşi kerak edi.

Jo Bayden Rossiya hukumatining «zararli taşqi faoliyati», jumladan, 2020 yilgi AQŞ prezidentlik sayloviga aralaşuvi va SolarWinds dasturiy ta’minoti orqali AQŞ davlat idoralariga kiberhujumlar uyuştirgani uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritgan edi.

2021 yilda joriy etilgan sanksiyalar doirasida Qöşma Ştatlar Rossiya davlat qarzi bilan operatsiyalarni çekladi.

Donald Tramp prezidentlikka kirişganidan keyin 2014 yildan beri Rossiyaga nisbatan joriy qilingan bir neça boşqa sanksiyalarni ham uzaytirdi. Fevral oyida u Qrimni anneksiya qilgani hamda özini özi e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgani uçun Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni uzaytirdi.

Axios naşriga köra, agar aprel oyi oxirigaça Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilmasa, Donald Tramp Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy qilişi mumkin.