Biznesmen Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) AQŞ budjeti xarajatlarini qisqartiriş böyiça olib borayotgan faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini börttirib körsatmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Donald Trampni qöllab-quvvatlagan Ilon Mask AQŞning 7 trillion dollarlik federal budjetini 2 trillion dollarga qisqartirişga va’da bergan edi. Tramp prezident sifatida saylanib, DOGE iş boşlagaç, Mask öz maqsadini aynan ikki baravar kamaytirdi — joriy moliyaviy yil oxiri, ya’ni 30 sentabrgaça budjet xarajatlarini qisqartirişga erişişini va’da qildi.
Biroq 10 aprel kuni Vazirlar mahkamasi yiğilişida Mask yanada kamtarroq rejalari haqida gapirib, şu muddat içida davlat xarajatlarini atigi 150 milliard dollarga kamaytirişni maqsad qilganini aytdi. NYT’ning qayd etişiça, bu raqam DOGE dastlab qöygan trillion dollarlik maqsadidan 85 foizga kam.
Naşr jurnalistlari departament ma’lumotlari, jumladan, idora faoliyati haqida hisobot beriladigan onlayn reyestrni örganib çiqib, hatto 150 milliard dollarlik iqtisod ham ortiqça körsatilganini aniqladi. Hisobotlarda köplab xato va noaniqliklar mavjudligi ma’lum qilindi.
«Hatto uşbu raqamlar ham haddan taşqari katta bölişi mumkin. Bu Mask boşqaruvidagi departament öz yutuqlarini oşirib körsatayotgani, hisobotlarga milliardlab dollarlik xatoliklarni kiritayotgani, keyingi moliyaviy yilda yuz bermaydigan xarajatlarni hisobga olayotgani va umuman sodir bölmasligi mumkin bölgan xarajatlar haqida taxminlar qilayotgani bilan boğliq», — deb yozadi NYT.
Misol tariqasida naşr DOGE tomonidan hisobotda tilga olingan heç qaçon imzolanmagan şartnoma haqida yozgan. Bu masalada hukumat faqat takliflarni yiğişni söragan, ammo yetkazib beruvçi böyiça ham, narx böyiça ham yakuniy qaror qabul qilmagan. Şunga qaramay, Mask departamenti bu noaniqlikni inkor etib, bekor qilingan şartnomadan öz hisobiga 318 million dollar «tejab qolingan», deya qöşib qöygan.
Avvalroq federal budjet xarajatlari Ilon Mask hamda u rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti faoliyatiga qaramay oşib borayotgani töğrisida xabar berilgandi. Mask va Tramp DOGE «byurokratiyani yöq qilişi»ni va’da qilgan. Uşbu departament Amerika hukumati faoliyatining samaradorligini oşirişi va bir yarim yildan keyin tugatilişi kerak.









