Bundesver boş revizori Karsten Broyyer Welt Am Sonntağga bergan intervyusida Germaniya Qurolli kuçlari jangovar şayligini ta’minlaş uçun zaxiradagi harbiylar sonini oşirişi kerakligini ma’lum qildi.

Generalning sözlariga köra, ayni vaqtda bundesver haqiqiy harbiy xizmatda 200 ming askardan iborat maqsadli körsatkiçga rioya qilmoqda. «Hozirgi demografik vaziyatda mehnat bozori bundan köproq taklifni bera oladi deb öylamayman», — deya qöşimça qilgan Broyyer.

Şunga qaramay, Germaniyaning NATO oldidagi majburiyatlarini bajarişi va uning şarqiy qanotda qöşinlarni joylaştiriş böyiça logistika markazi sifatidagi örnini inobatga olgan holda, mamlakatga zarur bölgan umumiy harbiy xizmatçilar soni 460 ming kişini taşkil qiladi. «Şu bois bizda 100 ming kişi [zaxiradagilar inobatga olingan holda] yetişmayapti», — deydi general. Uning sözlariga köra, mazkur muammoni 2030 yilga qadar hal etiş kerak.

Bundesver boş revizori hukumat qanday çora körmoqçi ekani haqida gapirib ötirmay, uşbu vaziyatda demografik vaziyat ularga qarşi öynayotganini ta’kidlagan. «Biz mehnat bozoridan umid qila olmaymiz, şuning uçun u yoki bu şakldagi harbiy xizmatga tayanişimiz kerak», — deya qayd etadi u. Karsten Broyyer bunday xizmat turi majburiy yoki ixtiyoriy bölişi — siyosiy masala ekanini ta’kidladi.