UZTELECOM uçun IWTC şunçaki nufuzli tadbir emas. Bu Kompaniya özining keng qamrovli strategiyasini tasdiqlaş, xalqaro hamjamiyatga texnologik yeçimlarni namoyiş etiş va sohaning mintaqaviy dasturini şakllantiriş uçun muhim platforma hisoblanadi.

Kompaniya nafaqat IWTC’ning asosiy hamkori va taşkilotçisi, balki barça muhokamalar, panel sessiyalari va B2B uçraşuvlarining faol iştirokçisi sifatida qatnaşmoqda. Kongressning diqqat markazi UZTELECOM’ning barqaror ösişi va u yetakçilik körsatayotgan yönalişlar – innovatsion xizmatlar, raqamli infratuzilmani rivojlantiriş va kiberxavfsizlik masalalariga qaratilgan.

Kongress dasturida MDH davlatlari aloqa ma’muriyatlarining elektr va poçta aloqasi sohasidagi hamkorligini muvofiqlaştiruvçi xalqaro taşkilot – Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdöstlik (ASMH) majlisi alohida örin egallaydi. UZTELECOM ASMH’ning faoliyatida faol iştirok etib, raqamli infratuzilmani rivojlantiriş va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan strategik taşabbuslarni muhokama qiliş va amalga oşirişga öz hissasini qöşmoqda.

Kompaniya avvalroq ham bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor bölgan bölib, bu uning muvaffaqiyatli faoliyati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirişga qöşgan hissasini tasdiqlaydi: “GCCM Berlin 2022”da Kompaniya "MDHning eng tez rivojlanayotgan mintaqaviy operatori" deb tan olingan, 2023 yilda esa "2023 yilda MDH mamlakatlari içida eng yaxşi rivojlanayotgan mintaqaviy operator" mukofotiga ega bölgan. Bunday e’tiroflar raqamli özgarişlar, hamkorliklarni mustahkamlaş va yangi bozorlarga kirib boriş böyiça tizimli işlar natijasi hisoblanadi.

– UZTELECOM telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş va xizmatlar sifatini yaxşilaş orqali raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oşirmoqda. Kompaniya 2024 yilda 70 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini qurib, aholi punktlarining 96 foizini qamrab oldi. Şuningdek, viloyat markazlarida 5G texnologiyasi joriy etildi, bu esa Özbekistonni MDHda birinçi bölib töliq 5G qamroviga ega bölgan mamlakatga aylantirdi. IWTC 2025’da iştirok etiş Kompaniyaning yutuqlarini namoyiş etiş, hamkorliklarni mustahkamlaş va jahon operatorlari bilan tajriba almaşiş imkonini beradi, – dedi “Özbektelekom” AK boşqaruvi raisining tijorat masalalari böyiça örinbosari Javlon Islomov.