Yana Namangan
Namanganda yana maktab öquvçilari “avariya”ga uçradi. YTH 15 aprel kuni sodir bölgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videoga köra, maktab öquvçilari Spark maşinasini bir neça soatga ijaraga olişgan va YTHga uçraşgan. Videolavhada hodisa joyiga tez yordam xodimlari yetib borgani, jarohat olgan bolalarga birinçi tibbiy yordam körsatayotganini köriş mumkin.

Holatni tasvirga olgan şaxs bolalar maşinani Telegram’dagi “Namangan yezda moshina” guruhidan ijaraga olganini aytgan va mas’ullardan bunga çora körişni söragan. Viloyat YHXB axborot xizmati hozirça holat yuzasidan rasmiy axborot bermagan.
Halok bölayotgan bolalar
Namanganda öquvçilar ijaraga olingan maşinada YTHga uçraşi holatlari köpaymoqda. Buning oqibatida oğir tan jarohati olganlar, halok bölgan bolalar bor.
Jumladan, 2025 yil 2 aprelda Davlatobod tumanida 9-sinf öquvçilari 220 ming sömga ijaraga olingan Nexia’da ayançli YTHga uçradi: avtomobil yuk maşinasi bilan töqnaşgan va ösmirlar oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birida boş miyasi va jağ suyagi sinişi, boldir suyaklari sinişi ham kuzatilgan.
Rasmiylarga köra, maktab öquvçilariga maşinani ijaraga bergan fuqaroning özi ham avtomobilni ijaraga olgan bölgan. Uning özi öquvçilardan ijara uçun 150 ming söm olgan, örtada vositaçi bölgan 11-sinf öquvçisi esa 70 ming söm olgan. Avtomobilni ijaraga bergan yigitning otasi va yuk maşinasi haydovçisi jamoatçilikka murojaat qilib, yoş bolalarning rulga ötirişiga ruxsat bermaslikni söragan.
2024 yil 2 oktyabr kuni esa Namangan şahrida 5 nafar öquvçi ijaraga olgan Gentra’ni şaharning Marğilon köçasida katta tezlikda boşqarib, yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan. Yöl örtasidagi beton tösiqdan oşib ötgan maşina yuk maşinasiga borib urilgan. YTH oqibatida 3 nafar ösmir vafot etgan, 2 ösmir oğir tan jarohati olgan. Gentra egasi maşinani voyaga yetmaganlarga 300 ming söm evaziga ijaraga bergan.















