17 aprel kuni Qirğizistonning Bişkek şahrida sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan «qonunga bepisand öğri» deb atalmiş Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka çiqarilişi bilan boğliq iş böyiça sud hukmi öqildi.

Atambayev Qirğiziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi («Korrupsiya») böyiça aybdor deb topildi, biroq da’vo muddati ötganligi sababli jazodan ozod etildi.

Aziz Batukayev 2006 yilda koloniyalardan birida ommaviy tartibsizliklar uyuştirganlikda ayblanib, salkam 17 yilga qamalgan edi. Töpolon çoğida deputat Tiniçbek Akmatboyev, Jazolarni ijro etiş boş boşqarmasi boşliği Iqmatulla Pölatov va parlamentning ikki xodimi halok böldi. 2013 yilda Batukayevga qon saratoni keçki bosqiç taşxisi qöyilgan tibbiy komissiya xulosasidan söng ozodlikka çiqarildi. U zudlik bilan mamlakatni tark etib, Çeçenistonga, tarixiy vataniga jönab ketdi. Tez orada tibbiy hujjatlar qalbaki ekanligi ma’lum böldi, ammo Qirğiziston rasmiylari Batukayevning ekstraditsiya qilinişiga erişolmadi.

Almazbek Atambayev 2011-2017 yillarda Qirğiziston prezidenti lavozimida işlagan, hokimiyat Sooronbay Jyeenbekovga ötganidan keyin ularning munosabatlari yomonlaşgan va Atambayev muxolifatga ötgan. 2019 yilda uning daxlsizligi olib taşlangan va u bir qança jinoyatlarda ayblandi.

Atambayev 2020 yil iyun oyida Batukayevni noqonuniy ravişda ozod qilişda aybdor deb topilib, mulkini musodara qiliş va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş bilan 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2023 yil 13 fevralda Qirğiziston Oliy sudi yangi oçilgan holatlar tufayli hukmni bekor qildi va ertasi kuni Atambayevga xorijga çiqişga ruxsat berildi.

2023 yil 14 fevral kuni u koloniyadan ozod qilindi va davolaniş uçun çet elga uçib ketgan edi.