Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi va uning ikki şerigi yangi avlod «Oltin gumbaz» raketalarga qarşi tizimini yaratişga asosiy nomzodlarga aylandi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, Reuters xabar berdi. Mazkur tizimni işlab çiqişni AQŞ prezidenti Donald Tramp buyurgan edi.

Agentlikning yozişiça, raketalar va sun’iy yöldoşlar işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi SpaceX kompaniyasining potensial hamkorlari sifatida dasturiy ta’minot sohasidagi Palantir va uçuvçisiz uçiş apparatlari işlab çiqaruvçisi Anduril kompaniyalari ham iştirok etayotgan qöşma tender tayyorlanmoqda. Manbalarga köra, sönggi uç hafta içida uşbu kompaniyalar vakillari Donald Tramp ma’muriyati va Pentagonning yuqori martabali amaldorlari bilan uçraşuvlar ötkazgan.

Reuters manbalarining aytişiça, SpaceX loyiha uçun «obuna asosida servis» formatini taklif qilgan: hukumat sun’iy yöldoş tizimidan foydalaniş huquqi uçun tölov qiladi, biroq uni bevosita boşqarmaydi. Bu esa Pentagonning ba’zi protokollariga amal qilmaslikka imkon beradi va tizimni yaratişni tezlaştiradi. Biroq bu holatda Mudofaa vazirligi loyiha ustidan nazorat va narx siyosatini yöqotadi. Pentagonning ayrim amaldorlari SpaceX taklifiga şubha bilan qaramoqda.

«Oltin gumbaz» — raketalarga qarşi yangi avlod mudofaa tizimi bölib, uning doirasida raketalarni tutib qoluvçi vositalar kosmosga çiqariladi. Maqsad — AQŞ hududini har qanday raketa tahdididan töliq himoya qiliş. Donald Tramp bu loyiha yaratiş haqidagi farmonni 28 yanvar kuni imzolagan. Pentagonga uşbu «Oltin gumbaz»ni işlab çiqiş va qurişda yordam beriş istagini bildirgan 180 dan ortiq kompaniya murojaat qilgan. Loyiha qiymati yuzlab milliard dollarga yetişi mumkin. SpaceX esa dastlabki muhandislik va loyihalaş işlarini 6 milliarddan 10 milliard dollargaça baholagan.