AQŞ prezidenti Donald Tramp savdo bojlarining salbiy oqibatlaridan ogohlantirgan Federal zaxira tizimi (FZT) rahbari Jyerom Pauellni tanqid qildi, deb xabar beradi CNN.

Çikagodagi Iqtisodiy klubda nutq sözlagan Pauell Oq uyning siyosati Amerika iqtisodiyoti ösişini sekinlaştiriş va inflatsiyani tezlaştirişi mumkin — bu FZTning barqaror inflatsiya va maksimal bandlikni ta’minlaş borasidagi vazifalarini qiyinlaştiradi. U FZT AQŞda import tovarlariga bojlarning oşirilişi sabab inflatsiya tezlaşişidan xavotirda ekanini bildirdi.

Pauellning baholaşiça, prezident tomonidan joriy etilgan bojlar kamida inflatsiyaning vaqtinça ösişiga sabab böladi va bu effekt davomiyga aylanişi mumkin.

CNN’ning qayd etişiça, Pauellning izohi oxirgi haftalarda FZTning boşqa vakillari tomonidan bildirilgan munosabatlardan unça farq qilmaydi. Ularning aytişiça, Tramp joriy etayotgan bojlar inflatsiya va işsizlikning ösişiga olib keladi.

Pauellning çiqişidan bir kun ötib, Tramp TruthSocial ijtimoiy tarmoği orqali FZT rahbarini tanqid qildi. U Pauellni foiz stavkalarini pasaytirişni istamayotganlikda aybladi.

«Neft narxi tuşmoqda, oziq-ovqat mahsulotlari (hatto tuxum ham!) arzonlaşyapti va AQŞ bojlar hisobiga boyimoqda. [Pauell] Yevropa markaziy banki kabi allaqaçon foiz stavkalarini pasaytirişi kerak edi, ammo endi u aniq pasaytirişga majbur», — deb yozadi Tramp. Şuningdek, AQŞ prezidentining ta’kidlaşiça, Pauell «imkon qadar tezroq lavozimdan böşatilişi kerak».

Donald Tramp Pauellni özining birinçi prezidentlik muddatida — 2018 yilda Federal zaxira tizimi rahbarligiga tayinlagan edi. Pauell Jo Bayden davrida ham uşbu lavozimini saqlab qoldi. FZR rahbari lavozimida uning vakolatlari 2026 yilda tugaydi.