19 aprel kuni Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almaşuvini amalga oşirdi. RF mudofaa vazirligi almaşuv «246 ga 246» sxemasi böyiça bölib ötganini ma’lum qilgan. TASS xabariga köra, «ezgu niyat belgisi sifatida» Rossiya Ukrainaga şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj bölgan 15 nafar yarador rossiyalik askar evaziga 31 nafar yaradorni ham topşirgan. Rossiya mudofaa vazirligi harbiylar Belarus orqali olib ketilganini ma’lum qildi; 20 aprel kuni ular çiqqan samolyot Moskvaga qöngan («Zvezda» telekanalida asirlarning qaytib kelişi videosi e’lon qilindi).
Rossiya asirligidan jami 277 kişi Ukrainaga qaytarilgan - bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz telegram-kanalida ma’lum qildi. Rossiyaga jami qança harbiy topşirilganiga aniqlik kiritilmadi. Ikki tomon ham almaşuv Birlaşgan Arab Amirliklari vositaçiligida amalga oşirilganini ta’kidladi.
20 aprel kuni holatiga köra faqat Ukraina tomoni ozod qilingan asirlarning rasmiy fotosuratlarini e’lon qilgan. «Meduza» Ukraina harbiylari kutib olingan Çernihivdan suratlarni e’lon qildi.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images












