Özbekiston hukumati samolyot va poyezdda kelayotgan jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyoji uçun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kiriş normalarini pasaytirdi.
Boş vazir tomonidan bugun, 19 aprel kuni imzolangan qarorga asosan, bojsiz tovar olib kiriş normalari 2025 yil 1 maydan e’tiboran quyidagiça belgilanadi:
- havo transportida – 1000 dollar (hozirda 2000 dollar);
- temiryöl va daryo transportida – 500 dollar (hozirda 1000 dollar);
- avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali – 300 dollar (özgarişsiz);
- xalqaro kurerlik jönatmalari orqali – bir oyda 200 dollar (hozirda bir çorakda 1000 dollar);
- xalqaro poçta jönatmalari orqali – 100 dollar (özgarişsiz).
Belgilanişiça, 20 iyuldan e’tiboran temiryöl va daryo transportida hamda avtomobil ötkaziş punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan şaxs xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat bölganda, havo transportida esa 3 kundan kam muddat bölganda, bojsiz olib kiriş normalari qöllanilmaydi. Bunda uşbu tovarlarga bojsiz olib kiriş normasidan ortiq deb qaraladi va tovarlarning töliq qiymatidan yagona bojxona tölovi undiriladi.
Jismoniy şaxslar tomonidan qiymati 5000 AQŞ dollari ekvivalentigaça bölgan tovarlar bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan olib çiqilişi mumkin, eksport bojxona boji joriy etilgan tovarlar bundan mustasno.
Hujjat bilan, şuningdek, import jarayonini rasmiylaştirişda bojxona qiymati va miqdori alohida nazoratga olinadigan tovarlar röyxati tasdiqlandi. Röyxatga 70 xil turdagi tovarlar kiritilgan. Maişiy texnikalar, oziq-ovqatlar, kiyim-keçaklar va poyabzallarning bir qator turlari, tozalaş va yuviş vositalari, öyinçoqlar, şinalar, metall buyumlar şular jumlasidan. Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovga bu röyxatdagi tovarlarning qiymati va miqdorini nazorat qilişning samarali mexanizmini joriy etiş va heç qanday istisnolar bölişiga yöl qöymaslik topşiriği berildi.
“Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya çegara bojxona postlarida fuqarolar tomonidan vakolatli davlat organlari mansabdor şaxslarining qonuniy talablariga böysunmaslik, uyuşgan holda qarşilik qiliş hamda jamoat tartibini buziş holatlarining oldini oliş böyiça Bojxona qömitasi bilan hamkorlikni yölga qöysin”, deyiladi qarorda.











