Kun podkastiʼning bu galgi mehmoni stendap-komik, yumorist Mirşakar Fayzulloyev bilan ijodkorning sönggi katta konserti, konsert uçun tayyorlangan antiqa taklifnomaning ramziy ma’nosi, konsert jarayonida Gentraʼning paçaqlanişida qanday ma’no borligi, bu ğoyaning oilaviy qadriyatlarga taalluqli jihatlari, ijodkorning “MTV şou” loyihasidan nima sababdan ketgani, bugun telekanallarda şou loyihalar tayyorlamaslik sabablari va boşqa mavzularda suhbatlaşildi.

Şu yilning 15 fevral kuni Toşkentdagi Humo Arena majmuasida özbek stendap-komigi Mirşakar Fayzulloyevning ilk katta konserti bölib ötdi. Uşbu tadbir nafaqat hazil-mutoyibalar, balki ajablanarli performans bilan ham yodda qoldi. Konsertga taklifnoma şaklida bonkaning tanlanişida ham öziga xos ğoya bor edi. Ijodkorning fikriga köra, uning tag zamirida oilaviy qadriyatlarga sodiqlik masalasi ham turişi öylangan.

– Bugun qaysi mavzuda tomoşabinlar bilan muloqot qiliş qiyin?

– Tomoşabin har xil. Katta sahnaga çiqqanda biz negadir mingta odamni tomoşabin deyişga örganib qolganmiz. Mingta odamning har biri alohida şaxs. Stendap klubda esa tomoşabin bizga yaqin ötiradi. Ularning emotsiyalarini aniq körib turasiz. Şu sabab stendap klubda işlaş nisbatan murakkab.

– Siz qaysi mavzularda umuman gapirmaysiz?

– Kimningdir hayot mazmuniga aylangan mavzularda gapirmayman. Bu mavzularning sizga keltiradigan foydasidan köra yetkazadigan zarari köproq. Qolaversa, biror kimning jismoniy kamçiliklariga töxtalmayman. Bundan taşqari, tomoşabinning şaxsiyati haqida umuman töxtalmaslikka harakat qilaman.

– Sizni heç esdan çiqmaydigan darajada tanqid qilganlar bölganmi?

– Aynan şunaqasi bölmagan, lekin örinli maslahat aytişgan. NTT telekanali bölardi. Şu kanal xodimi menga Buxoro şevasida gapirmaslikni maslahat bergan. Ya’ni şeva mening ajralib turadigan jihatim, lekin doim undan foydalanaversam, boşqa alohidalik menda bölmasligini aytgan. Örinli maslahat bölgan va qabul qilganman. Yana bir maslahat, menga közoynak taqişni tavsiya qilişgan. Közoynak yuzimdagi jiddiylikni yaşirişini töğri tuşuntirişgan. Bularni qabul qilganman. Kulişim borasida ham köp aytişgan. Lekin bundan voz keçolmayman, uzr, buni men tanlamaganman.

– Hazil qilayotgan ijodkorning öz haziliga özi kulişi töğri deb öylaysizmi?