Aktyor Mehriddin Rahmatov otasidan olgan tarbiya, halollik qadriyatlari va bugungi kunda uni öylantirayotgan masalalar haqida oçiq gapirdi.

Kun.uz taniqli san’atkorlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Podkast mehmoni özbek teatr va kino san’atida köplab rollari orqali tomoşabinlar e’tiborini qozongan, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Mehriddin Rahmatov böldi.

“Tepa”dagilar oç qolişardi

“Bizda nimaiki bölsa bu otamizdan, onamizdan. Buni rad etişga haqqimiz yöq. Ota-ona tanlanmaydi, biz öz-özimizdan bu darajaga erişmaymiz. Çunki ular birinçi örinda turadi. Hozir qanday darajaga erişgan bölsam, juda katta mehnatlari singgan deb öylayman. Bunga sabab – otamning bergan halol luqmasi deb öylayman. Otam oddiy şofyor bölib işlaganlar. U paytda “kolxoz” bölardi, şunda şofyorlik qilganlar. Otamning bitta xususiyatlari luqma masalasiga jiddiy qaraganlar. Öşa paytda qirqta şofyorga boşliq qilib qöyişgan. Otamdan oldin boşliq bölgan odam “uçastka”lar qurdi. Keyin majburlab otamni qöyişdi. Bir kuni keçqurun otam bilan onamning suhbatlarini eşitib qoldim. Onam aytyaptilar “siz ham bir yölini qiling, uyni qayta quriş kerak” desalar, otam “qilolmayman” dedilar. Olti oy işladilar. Qöllarida qirqta şofyor bölsa, bir kunda har biri ikki sömdan topsa, bir sömini bersa qirq söm böladi. Şuning yigirma sömini “tepaga” berib, yigirma sömini olib qoliş kerak bölgan. Şunaqa porani bitta turi bölgan. Şuni qilmadilar, ololmadilar va berolmadilar. Uyniyam qaytadan qurmadilar. Halol mehnatim bilan şuni qildim, böldi boşqasini qilmayman dedilar. Olti oydan keyin böşatişdi, çunki böşamasalar ulardan tepadagilar oç qolişardi.

Har kuni keçqurun şunday suhbatni eşitganman, “Halol luqma” degan hikoya ham yozganman. Hozir Mehriddin bölib yurişim – dadamning bergan halol luqmasidan deb öylayman. Davlatniki bölsayam – xiyonat qilmasdan, “davlatning mulki, yesa böladi” demasdan, yemaganliklari va birovga yedirmaganlari uçun hozir Mehriddin bölib ötiribman”.

Vaynlar haqida

Yoşlar va zamonaviy kontent, xususan, vaynlar haqida gapirar ekan, aktyor bu yönalişga nisbatan tanqidiy, biroq muvozanatli munosabat bildirdi:

“Vaynlar vaqtinçalik, bularning orqasida faqat pul yotibdi. Bularning ham yaxşilari bor. Men özim öynaganlarim bor. Keling, man bularni ajratmayman. Ba’zi tanlanayotgan mavzular yoşlarga motivatsiya sifatida yaxşi narsalarni beryapti. Ularniyam vaqti bor. Xalq zerikadi”.